Breaking News

NASA asteroidlarga qarshi raketasini sinamoqchi


AQSh Fazo agentligi NASA asteroidlarni nishonga olish salohiyatiga ega ilk raketasini taqdim etdi. DART deb nomlanuvchi apparat oy oxirida koinotda sinaladi.

Xalqaro hayot - 9-noyabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:22 0:00

Olimlar uzoq yillardan beri asteroidlarning Yer bilan to’qnashuvi ehtimollariga qarshi choralar ustida izlanadi.

Sinov paytida raketa asteroidga urilib, uning yo’nalishini o’zgartirishi ko’zda tutilgan. Ammo aslida ham shunday bo’ladimi, yo’qmi, sinov buni ko’rsatadi.

24-noyabr kuni DART Yerga yaqin joylashgan qo’shqavat Didim asteroidining Dimorf deb nomlangan oyini nishonga oladi. Didim 1996-yilda kashf etilgan bo’lib, 780 metr diametrga ega, 2003-yilda topilgan Dimorfning diametri esa 160 metr.

NASAda sayyora himoyasi bilan shug’ullanuvchi idora vakili Lindli Jonsonning aytishicha, sinovning Yerga zarari bo’lmaydi.

"Raketa bu holatda qanday ishlashini va uning asteroid yo’nalishiga ta’sirini o’rganmoqchimiz. Yaxshisi sinovni hozir o’tkazib, Yer bilan to’qnashuv ehtimoli yuzaga kelganda nima qilish kerakligini bilishni istaymiz”, - deydi mutaxassis.

Muhandis Yelena Adamsning aytishicha, missiya muvaffaqiyatli o’tishi uchun avval asteroid shaklini bilish kerak.

"Dimorfga zarba burchagi qanday bo’lishini hozircha bilmaymiz. Buni zarbaga 20 soniya qolganda bilib olamiz”, - deydi Adams.

Asteroid Yerga xavf solishi uchun diametri kamida 140 metr bo’lishi kerak. Olimlarning ishontirishicha, kelasi 100 yilda bunday va bundan katta hajmdagi asteroidlarning Yer bilan to’qnashish ehtimoli mavjud emas.

Didim asteroidi ayni paytda Yerdan salkam 486 million kilometr uzoqlikda bo’lib, DART boshqariluvchi raketasi nishonga kelasi yil kuzida yetganida Yer bilan masofa 10 million kilometrgacha qisqargan bo’ladi.

24-oktabr kuni kichik hajmli bir asteroid Yerdan 3000 kilometr narida uchib o’tgan. O’ta kichikligi va Quyosh tomondan kelgani sabab u 4 soatdan so’ng qayd etilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG