Breaking News

AQSh Afg'onistonga e'tiborni oshirmoqchi


Xalqaro hayot - 27-iyun, 2017-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:51 0:00

AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mattis shu hafta Bryusselga boradi. Bu yerda u ittifoqchilarning Afg'onistondagi missiyaga qanchalik hissa qo'sha olishi masalasini gaplashadi. Shundan so'ng Mattis Afg'onistonga yana qancha AQSh askari yuborilishi haqidagi qarorini e'lon qilishi kutilyapti.

Pentagon iyul o'rtalarigacha yangi Afg'oniston rejasi e'lon qilinishini aytgan.

Tahlilchi Maykl Oxanlon fikricha, yangi reja Obama siyosatidan keskin farq qilmaydi.

"Mattis va Tramp shunchaki prezident Obama qilgan xatoni to'g'rilamoqchi. Bu degani, ular Obamaning strategiyasini to'g'ri amalga oshirishga harakat qilishadi", - deydi tahlilchi.

Rejaga ko'ra, Afg'oniston xavfsizligini ta'minlashda mahalliy askarlar hanuz yetakchi rol o'ynaydi. Mana shuning oqibatida, deydi Oxanlon, 2011-yil may oyidagi 100 ming AQSh askari to'rt yil ichida 10 mingga tushirildi.

"Bu juda tez bo'ldi va juda kamayib ketdi. Ular sonini biroz oshirish bilan muhim afg'on bo'linmalaridagi maslahatchilar sonini oshirishimiz va vaziyatni barqarorlashtirishimiz mumkin", - deydi tahlilchi.

Yangi harbiy reja e'lon qilinishi ortidan Mattis NATOdagi hamkorlarni ham Afg'onistonga ko'proq e'tibor berishga undamoqda.

"Ular yana qanday yordam bera olishi haqida o'ylashimiz kerak. Endi nima bo'lishini hamma bilgisi keladi. Vazir Mattis qo'mondonlarga nima kerakligini va qanday o'zgarishlar qilish lozimligini yaxshi biladi va bu haqda aniq aytmoqda", - deydi Pentagon so'zlovchisi Dana Uayt.

Rasmiylarning aytishicha, yangi strategiyada Pokiston hukumatiga aloqador toifalarning Tolibonni qo'llab-quvvatlashiga ham chek qo'yiladi. "Islomiy davlat"ga qarshi kurash ham nazarda tutilgan.

"Afg'onistonda IShID bo'yicha ahvol yaxshilanmayapti. Bu muammo, ularni mag'lub etishimiz kerak. Shu muammoga e'tibor qaratishimiz lozim", - deydi Uayt.

Tahlilchilarning aytishicha, Afg'onistonda "Islomiy davlat" a'zolari soni oshsa ham, ularning amaliyotlarga qo'l urish imkoniyati cheklangan. Chunki guruh ham AQSh, ham afg'on kuchlaridan o'zini himoya qilishlari kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG