O'tgan bir yilda AQShda tabiiy ofatlar 306 milliard dollar zarar keltirgan

  • Amerika Ovozi

2017-yilda AQShda ko'p tabiiy ofat kuzatildi. 16 ta tabiiy ofatdan ko’rilgan zarar 306 milliard dollarga teng bo’ldi.

Avgust oyida “Xarvi” dovuli natijasida Xyuston va Texasning ba’zi hududlariga bir yarim metrlik yomg’ir yog’di, zarar 125 milliard dollar atrofida baholanmoqda.

Florida va Puerto-Rikoni urgan “Irma” va “Mariya” to’fonlari g’aznani yana 140 milliard dollarga tushirdi.

Iqtisodchi Adam Smitning aytishicha, o’rmonlardagi yong’inlardan ko’rilgan zarar 18 milliard dollarga yetib, 1991-yilda qayd etilgan rekord ko’rsatkichdan uch baravar oshdi.

O’tgan yili besh shtatda harorat rekord darajaga ko’tarildi. 2017-yil AQSh tarixida qatorasiga uchinchi iliq yil bo’ldi.

AQShning Okeanlar va atmosferani o’rganish idorasi chop etgan hisobotda iqlim o’zgarishiga jiddiy urg’u berilmoqda. Boshqarma vakili Dek Arntning aytishicha, issiqlik to’lqinlari kuchliroq, uzoqroq va ko’proq qayd etilmoqda.

“Buni issiq harorat bilan bog’liq tabiiy ofatlarning ko’payganidan bilsa bo’ladi. Yomg’irlar ham kuchayib, uzoqroq davom etmoqda, bu esa toshqinlarning ko’payishiga sababdir”, - deydi mutaxassis.

Hisobotda aytilishicha, “Xarvi” dovuli keltirgan jalalar va toshqin shimoliy tekisliklardagi qurg’oqchilikni yo’qqa chiqardi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG