Breaking News

Aleksey Navalniy kasalxonadan chiqarildi


Rossiyalik muxolifatchi, Kreml tanqidchisi Aleksey Navalniy Germaniyadagi kasalxonadan chiqarildi. Berlindagi “Sharite” kasalxonasida 32 kun yotgan faol asab agenti bilan zaharlanib, davolangani aytiladi.

Xalqaro hayot – 23-sentabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:41 0:00

Kasalxona bayonot chiqarib, Navalniyning salomatligi ancha yaxshilanganini bildirdi.

Germaniya hukumatiga ko’ra, Navalniy Rossiyada “novichok” turkumiga kiruvchi asab agenti bilan zaharlangan. Rossiya bu da’volarni inkor etarkan, Germaniyadan hanuz bunga doir birorta dalil olmaganini ma’lum qiladi.

Muxolifatchiga ko’ra, u butunlay sog’aygani yo’q hali. Navalniyning “Instagram”dagi sahifasida bildirishicha, u telefonini ishlatishda, suv quyishda, zinadan chiqishda qiynalmoqda, chunki qo’l-oyoqlari qaltirayapti.

Navalniy rossiyalik amaldorlarga murojaat qilib, ilk bemor bo’lganida kiygan kiyimini muhim dalil deya qaytarilishini so’radi.

Faol 20-avgust kuni Tomskdan Moskvaga uchayotib o’zini yomon his qildi, komaga tushdi. Omsk shahrida ikki kun kasalxonada yotganidan so’ng Berlinga yuborildi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Navalniyning kasalxonadan chiqqanini olqishlab, Rossiyaga qaytishiga yo'l ochiq ekanini aytdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG