Breaking News

Navalniy boshqa qamoqxona kasalxonasiga ko'chirildi


Rossiyada qamoq jazosini o’tayotgan va 20 kun oldin ochlik e’lon qilgan muxolifatchi Aleksey Navalniy Vladimir oblastidagi jazo koloniyasi kasalxonasiga ko’chirilgan. Uning shifokori faolning sog’lig’i og’irlashgani haqida ogohlantirdi.

Xalqaro hayot – 20-aprel, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:27 0:00

Navalniyning advokati Aleksey Lipster hafta boshida uni borib ko’rganini aytadi.

"U ozib-to’zib ketgan, ko’rinishi juda yomon”, - deydi yurist.

Oq uyga ko’ra, Navalniyning salomatligiga Rossiya hukumati javobgar.

"Navalniyga biror kor-hol bo’lsa, Rossiya hukumati xalqaro hamjamiyat oldida javob beradi. Agar Navalniy o’lib qolsa, Rossiya hukumati qator jazo choralari bilan yuzlashadi va bu choralar qanday bo’lishini biz hal qilamiz. Milliy xavfsizlik maslahatchisi Jeyk Sullivan aytganidek, zarbani ortiq bayonotlar bilan bermaymiz. Biz Navalniyning ozod etilishini va unga insoniy muomala ko’rsatilishini talab qilishda davom etamiz”, - dedi AQSh prezidentining matbuot kotibasi Jen Psaki.

Kreml vakili bunga munosabat bildirarkan, Rossiya hududidagi mahbuslarning sog’lig’i boshqa mamlakatlarni qiziqtirmasligi kerak deb javob berdi.

Rossiya qamoqxona xizmatiga ko’ra, mahbusning ahvoli qoniqarli, u vitaminlar qabul qilishga rozi bo’ldi, biroq shifokorining aytishicha, Navalniyning yuragi va buyragi ishdan chiqib, faol istalgan payt o’lib qolishi mumkin.

Aleksey Navalniy salomatligi bilan bog’liq qator muammolarga ishora qilib, qamoqxona ma’muriyatidan tegishli tibbiy yordam ko’rsatilishini talab qilgan edi. Talabi qondirilmagach, ochlik e’lon qilgan.

Bugun “Shifokorlar alyansi” tashkiloti mutaxassislariga Navalniy o’tirgan qamoqxonaga kirishga ruxsat berildi. Tashkilot rahbari va Navalniyning xususiy shifokori Anastasiya Vasilyeva qamoqxona bosh shifokori bilan ko’rishishga ruxsat olganini, biroq Navalniyning o’zi bian ko’risha olmaganini aytdi.

21-aprel kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin xalqqa yillik hisoboti bilan murojaat qilishi kutilarkan, Navalniy jamoasi mamlakat bo’ylab norozilik namoyishlariga da’vat etdi. Rossiyaning 77 ta shahrida chiqishlar rejalanmoqda.

Ichki ishlar vazirligining ogohlantirishicha, namoyishlarga ruxsat yo’q, bu tadbirlar koronavirus tarqalishini kuchaytiradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG