Breaking News

G'arb Navalniy taqdiridan xavotirda


Moskvadagi namoyish
Moskvadagi namoyish

Rossiyaning Moskva va qator boshqa shaharlarida qamoqdagi muxolifatchi Aleksey Navalniyning taqdiriga befarq bo’lmagan odamlar ko’chaga chiqib, u va boshqa siyosiy mahbuslarning ozod etilishini talab qildi, ba’zilar Prezident Putinni hokimiyatdan ketishga da’vat etdi.

Xalqaro hayot – 22-aprel, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:58 0:00

Ochlik e’lon qilgan faol bir necha kun burun sog’lig’i og’irlashib, boshqa qamoqxona kasalxonasiga o’tkazildi.

Namoyishlar Amerika shaharlarida ham bo’lib o’tdi. AQSh rasmiylari Rossiya hukumatini Navalniyni mustaqil tibbiy ko’rikdan o’tkazishga chaqirmoqda.

“Rossiya hukumatiga bayonotlar orqali ham, xususiy tarzda ham Navalniy taqdiri uchun javobgar ekanini aytganimizni qaytarib o’tmoqchiman. Unga qamoqda biror kor-hol ro’y bersa, Rossiya Federatsiyasi javob beradi”, - deydi AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays.

Inson huquqlari buzg’unchilariga qarshi Amerikada qabul qilingan Magnitskiy qonuni tashabbuschisi Bill Brauderning aytishicha, Amerika kutmasdan harakat qilishi kerak.

“Jiddiy choralarni hozirdan qo’llash lozim”, - deydi u.

Brauderning aytishicha, Navalniyning o’zi ham yanvar oyida Germaniyadan qaytishidan oldin Putinning hamtovoqlariga Magnitskiy qonuni asosida sanksiya qo’yishga chaqirgan edi.

“Unga biror kor-hol bo’lsa, Putinning 35 kassiri, ishonchli odamidan iborat ro’yxatdagilarning hammasini Magnistkiy qonuniga ko’ra qora ro’yxatga kiritishni tayinlagan”, - deydi Brauder.

Navalniyning xususiy shifokori seshanba kuni Vladimir oblastidagi qamoqxona kasalxonasiga borgan, ammo Navalniy bilan ko’rishishga ruxsat berishmagan. Kremlning bildirishicha, Navalniyga tegishli tibbiy yordam ko’rsatilmoqda. Biroq inson huquqlari faollariga ko’ra, Rossiya o’z qonunlari asosida mustaqil shifokorlarga faoldan xabar olishga ruxsat berishi kerak.

“Rossiyadan o’zi imzolagan shartnomalar va bo’yniga olgan majburiyatlar doirasida ish tutishdan ortiqcha narsa so’ralayotgani yo’q. Rossiyadan mana shu majburiyatlariga rioya qilishni so’raymiz”, - deydi “Xalqaro Amnistiya” tashkiloti vakili Daniel Bolson.

Parlamentga yillik murojaatida Prezident Putin G’arb davlatlarini o’z harakatlarida chegaradan chiqmaslilkka chaqirdi. Inson huquqlari faollariga ko’ra, Navalniy prezident saylovida o’z nomzodini qo’yib Putinning o’rniga da’vo qildi va endi chegaradan chiqqani uchun dunyo ko’z oldida asta-sekin jon bermoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG