Breaking News

Aleksey Navalniy komadan chiqdi


Russia Navalny
Russia Navalny

19 kundan beri komada bo’lgan rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy Berlindagi kasalxonada hushiga kelmoqda. Uning sun’iy nafas oldirish apparatidan olingani aytilmoqda.

Xalqaro hayot – 8-sentabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:16 0:00

Navalniy o’tgan oy Tomsk shahridan Moskvaga uchayotganida holsizlanib, samolyot Omsk shahrida favqulodda qo’nishga majbur bo’ldi. Ikki kundan so’ng u muolaja uchun Germaniyaga olib ketildi. Kansler Angela Merkel Navalniyning asab agenti bilan zaharlanganini aytib, Rossiyadan izoh so’radi.

Kreml Navalniyning “novichok” turkumidagi kimyoviy modda bilan zaharlanganini inkor etarkan, Berlindan tibbiy ko’rik natijalarini talab qilmoqda.

BMTning inson huquqlari bo’yicha oliy komissari vakili Rupert Kolvilning aytishicha, Rossiya hukumati Navalniyning zaharlanganiga doir mustaqil tergovga yordam berishi kerak.

“Uning zaharlanganini inkor etish kifoya qilmaydi. Navalniyning joniga qasd qilish harakatini sinchkov, mustaqil, xolis va shaffof tergov qilish kerak”, - dedi BMT rasmiysi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G’arbni Rossiyaga qarshi fitnada aybladi.

“Aleksey Omskda ikki yarim kun bo’ldi. Shu davr mobaynida har soat bizdan uning ahvoli haqida ma’lumot talab qilishdi. So’ng u Germaniyaga yuborildi. Bir haftadan oshiq vaqt o’tdiki, hech kim Germaniyani bunday talablar bilan bezovta qilmayapti. Bizga haligacha ma’lumot berishgani yo’q”, - dedi Lavrov.

Navalny's poisoning will have long-term consequences for Russia and West - analyst

Rossiyaning Siyosiy va jug’rofiy izlanish markazi rahbari Nikolay Petrov Navalniy bilan bog’liq vaziyat Rossiya-G’arb aloqalariga uzoq muddatli ziyon yetkazishini taxmin qilmoqda.

Rossiyada kelasi yili parlament saylovlari kutilar ekan, Petrovning aytishicha, Navalniy muxolif kuchlarni birlashtira olish salohiyati bilan Rossiya rahbariyatiga tahdid solmoqda.

Rossiyaning Germaniya bilan gaz quvuri bo’yicha loyihasiga qarshi chiqayotgan Qo’shma Shtatlar Berlinni loyihadan voz kechishga chaqirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG