Breaking News

Navalniy Rossiyaga qaytmasa, qamalishi mumkin


Aleksey Navalniy

Rossiya qamoqxonalariga mas’ul Federal jazo ijrosi xizmati Kreml tanqidchisi Aleksey Navalniyga Germaniyadan Rossiyaga qaytib, 30-dekabr kuni boshqarmaga uchrashni buyurdi, aks holda mamlakatga qaytganida uning hibsga olinishini ma’lum qildi.

Yozda Sibirdan Moskvaga uchayotgan samolyotda birdan betob bo’lgan Navalniy avgust oyida Germaniya kasalxonasiga yetkazildi. G’arb davlatlari uning asab agenti kimyosi bilan zaharlanganini da’vo qilmoqda, biroq Rossiya bu borada Germaniyadan haligacha biror dalil olmaganini bildirarkan, da’volarni inkor etmoqda.

Navalniy 2014-yilda unga belgilangan sud hukmi asosida shartli qamoq jazosini o’tamoqda. Federal jazo ijrosi xizmatiga ko’ra, faol xorijda uzoq qolib, jazo shartini buzmoqda, boshqarma nazoratidan o’zini olib qochmoqda.

Xabarlarga ko’ra, Navalniy 20-sentabr kuni Berlin kasalxonasidan chiqarilgan, 12-oktabrga qadar butunlay sog’aygan.

Qamoqxonalar boshqarmasi Navalniy o’z vaqtida mamlakatga qaytmasa, haqiqiy qamoq jazosiga yuz tutishi mumkinligiga ishora qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG