Breaking News

Ukraina notinch bir paytda Nazarboyev Moskvada


Prezidentlar Nursulton Nazarboyev va Vladimir Putin Yevrosiyo iqtisodiy kengashining o'tgan yilgi sammitida. Moskva, 24-dekabr, 2013-yil.
Prezidentlar Nursulton Nazarboyev va Vladimir Putin Yevrosiyo iqtisodiy kengashining o'tgan yilgi sammitida. Moskva, 24-dekabr, 2013-yil.
Qozog’iston rahbari Nursulton Nazarboyev Moskvada Yevrosiyo iqtisodiy kengashi sammitida qatnashmoqda. Anjuman Ukraina notinch, Qrim ustida tortishuv davom etayotgan bir paytda o’tayotgani e’tiborli.

Nazarbayev prezident Vladimir Putin bilan ko’rishib, boj ittifoqi va yagona iqtisodiy hudud haqida fikr almashmoqda. Kremlning Qrimdagi siyosati ittifoqchi mamlakat Qozog’istonda xavotir uyg’otgani sir emas.

Ukraina notinch bir paytda Qozog'iston rahbari Moskvada/Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:25 0:00
Yuklab oling

Qozog’istonlik ekspert Do’sum Satpayev so’zlariga ko’ra, Rossiya mintaqada, xususan Qozog’istonda Ukrainada kabi ayirmachilik siyosatini qo’llashi mumkin.

“Ukraina kabi Qozog’iston ham Rossiyaning muhim geostrategik manfaatlariga kiruvchi davlat hisoblanadi. Masalan, Qirg’iziston haqida bunday deyish qiyin. Shunday ekan, Qozog’istonda yaqin kelajakda hokimiyat o’zgarib, G’arbga intiluvchi siyosatchilar yoki o’z geosiyosiy manfaatlarini mustaqil belgilovchi kuchlar hukumatga kelishsa, Boj ittifoqidan chiqish, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidagi a’zolikni to’xtatish masalasi ko’tarilsa, Rossiya albatta Qozog’istonni o’z ta’sirida ushlab qolish uchun kuch ishlatadi. Rossiya avval Gruziyada, bugun mana Ukrainada qo’llayotgan separatizm usuli shuning uchun ham Qozog’iston jamoatchiligida qattiq xavotir uyg’otgan. Chunki istiqboldagi siyosiy o’zgarishlar Rossiya Qozog’istonga nisbatan ham shunday agressiya ishlatishi mumkiligini ko’rsatmoqda”, - deydi Dosum Satpayev.

Ostonaning Qrimdagi inqirozga munosabati o’ta bosiq

Qozog’iston Tashqi ishlar vazirligi kuch ishlatmaslik haqida bayonot bilan cheklandi. Prezident Nazarboyev esa rasmiy safar bilan Rossiyaga otlangan. Moskvada Yevrosiyo ittisodiy ittifoqining navbatdagi majlisi o’tmoqda. Putin bilan uchrashuvdagi asosiy masala Qrimdagi inqiroz bo’lishi shubha uyg’otmaydi. Nazarboyev Moskva safaridan oldin vaziyatni muhokama qilish uchun Putin bilan ushrashishini ma’lum qilgan edi.

Do’sim Satpayevning aytishicha, Rossiya ayirmachilik siyosatidan bosim sifatida foydalanishga o’rgangan. Kreml doirasidagi siyosatchilar Markaziy Osiyoni Rossiya tarkibida ko’rish haqida ochiq garipayotgani esa jamoatchilikdagi munosabatlarni ikkiga bo’lgan. So’nggi hodisalar ortidan Ostona bildirayotgan pozitsiya o’ta yumshoq va noaniq.

“Hatto, Xitoy ham Ukrainadagi hodisalar yuzasidan mamlakatni yaxlitligini saqlab qolish tarafdori ekanini aytdi. Qozog’iston esa o’ta diplomatik, har ikki tomonga moslashuvchi bir bayonot bilan cheklandi. Jamoatchilikda Rossiya so’nggi paytda mojarolarni faqat kuch bilan hal etishga o’tayotganidan xavotir kuchli. Vladimir Jirinovskiy kabi siyosiy masxarabozlar qilayotgan bayonotlar bu xavotirlarni yanada kuchaytirgan. Kimlardir bu kabi masxabozlarga munosabat zarur emas desa, boshqa guruhlar Jirinovskiy Kreml siyosatining bir qismi, munosabat ham shunga yarasha keskin bo’lishi kerak deb hisoblashadi”, - deydi Do’sum Satpayev.

Qrimdagi vaziyat esa hamon tangligicha qolmoqda. So’nggi xabarlarga ko’ra, muxtor respublikdagi hukumat idoralari rossiyaparast kuchlar tomonidan egallangan. Qrimning tub aholisi sanalgan qrim-tatarlari qurolli to’qnashuvlar boshlanishidan xavotirda. Ukrainada hukumat almashishi ortidan Rossiya harbiy kuchlarini Qrimga kiritishni boshlagan edi.
  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG