Breaking News

Isroil rahbari AQSh Kongressida so'zladi

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Kongressda so'zlamoqda, Vashington, 3-mart, 2015-yil
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Kongressda so'zlamoqda, Vashington, 3-mart, 2015-yil

Bugun Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu AQSh Kongressining har ikki palatasi vakillari oldida so'zlab, Eron yadro dasturi, Yaqin Sharqdagi vaziyatga qarashlarini bildirdi.

Uning aytishicha, Eron yadro qurolini qo'lga kiritsa, Isroilga qarshi ishlatishi mumkin.

"Xalqaro muzokaralar doirasida Eronga taklif etilayotgan bitim Tehronni yadro qurolini yaratish yo'lidan qaytara olmaydi", - dedi Netanyaxu amerikalik qonunchilarga murojaat qilib.

Isroil bosh vaziri nazarida Eron dunyo bo'ylab terrorizmga homiylik qilmoqda. Erondagi hozirgi hukumat har qachongidan radikal, unga ishonib bo'lmaydi, deydi u.

"AQSh bilan ishlanayotgan kelishuv Eronning bomba yaratishiga to'siq qo'ya olmaydi, aksincha, unga bu ishga yo'l ochib beradi. Tehron bilan umuman kelishmaslik kerak, chunki hozirgi bitim yaxshimas, juda yomon", - dedi Netanyaxu.

Isroil rahbarining Kongressdagi respublikachi yetakchilar tomonidan Oq uy bilan maslahatsiz taklif etilgani Obama ma'muriyatini ranjitdi. Obamaga ko'ra, AQShning Isroil bilan aloqalari mustahkam, ammo Netanyaxuning Isroildagi saylovlarga bir necha hafta qolganda Amerikaga kelishi xato.

“Eron bilan ilk muvaqqat bitim erishilganida Netanyaxu uni tanqid qildi, ko'p asossiz da'volarni olg'a surdi. Masalan, Eron sanksiyalar yumshatilishi natijasida 50 milliard dollar ishlab oladi, Tehron bitimga rioya qilmaydi, dedi. Ammo bularning hech biri haqiqat bo'lib chiqmadi. Aksincha, aynan shu davr ichida Eron yadro faoliyati susayganini ko'rdik", - deydi Obama.

AQSh qonuchilari Isroil rahbarini gulduros qarsaklar bilan kutib oldi. Biroq salkam 50 demokrat qonunchi uni tinglash uchun kelmadi. Netanyaxu uning tashrifi AQShda siyosiy tortishuvlarga sabab bo'lganidan afsusda ekanini aytdi.

"Prezident Obamaga Isroilni doim qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildiraman", - dedi Netanyaxu.

Netanyahu: AQSh-Isroil aloqalari har qanchongidan kuchli

Benyamin Netanyaxu Kapitoliyda
1/9 Benyamin Netanyaxu Kapitoliyda
Benyamin Netanyaxu Isroilga moyil siyosiy guruhlar oldida so'zlayapti.
2/9 Benyamin Netanyaxu Isroilga moyil siyosiy guruhlar oldida so'zlayapti.
Quddus ko'chalari
4/9 Quddus ko'chalari
<p><strong>Amerika bosh diplomati Jon Kerri dushanba BMT Inson huquqlari kengashida so&#39;zga chiqib, Isroilni himoya qilar ekan, bu davlatga adolat bilan yondashilmayapti, dedi.</strong></p>

<p>Jenevada chiqish qilgan Kerri nazarida BMTning bu organi huquqiy tahqirlashlarni muhokamaga olib chiqishi asosli. Lekin qator rezolyutsiyalarda Isroilni qayta-qayta ayblash qanchalik adolatli, deya so&#39;raydi u.</p>
5/9

Amerika bosh diplomati Jon Kerri dushanba BMT Inson huquqlari kengashida so'zga chiqib, Isroilni himoya qilar ekan, bu davlatga adolat bilan yondashilmayapti, dedi.

Jenevada chiqish qilgan Kerri nazarida BMTning bu organi huquqiy tahqirlashlarni muhokamaga olib chiqishi asosli. Lekin qator rezolyutsiyalarda Isroilni qayta-qayta ayblash qanchalik adolatli, deya so'raydi u.

Falastinga xayrixoh faollar Vashingtonda Isroil rasmiysi Benyamin Netanyaxuning safari yuzasidan norozilik namoyishida qatnashayapti.
6/9 Falastinga xayrixoh faollar Vashingtonda Isroil rasmiysi Benyamin Netanyaxuning safari yuzasidan norozilik namoyishida qatnashayapti.
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu AQSh Kongressining har ikki palatasi vakillari oldida so&#39;zlab, Eron yadro dasturi, Yaqin Sharqdagi vaziyatga qarashlarini bildirdi.
7/9 Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu AQSh Kongressining har ikki palatasi vakillari oldida so'zlab, Eron yadro dasturi, Yaqin Sharqdagi vaziyatga qarashlarini bildirdi.
Benyamin Netanyaxu Isroilga moyil siyosiy guruhlar oldida so&#39;zlayapti.
8/9 Benyamin Netanyaxu Isroilga moyil siyosiy guruhlar oldida so'zlayapti.
Falastinga xayrixoh faollar Vashingtonda Isroil rasmiysi Benyamin Netanyaxuning safari yuzasidan norozilik namoyishida qatnashayapti.
9/9 Falastinga xayrixoh faollar Vashingtonda Isroil rasmiysi Benyamin Netanyaxuning safari yuzasidan norozilik namoyishida qatnashayapti.
Previous slide
Next slide

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

This item is part of
XS
SM
MD
LG