Breaking News

Isroil bosh vaziri korrupsiyada ayblanmoqda


Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu korrupsiyada ayblanmoqda. Bir necha oy davom etgan taftishlardan ma’lum bo’lishicha, Netanyaxu badavlat odamlardan qimmatbaho sovg’alar olgan bo’lishi mumkin. Tergovchilar masalani sudga oshirishni tavsiya qilmoqda. Bosh vazir bundan xavotirda emasligini, muddatining oxirigacha ishlashini aytmoqda.

Tergovga ko’ra, Netanyaxu matbuotdagi ijobiy maqolalar evaziga bir gazeta nashriyoti egasiga ayrim masalalarda yordam berishni va’da qilgan. Netanyaxu bularning barchasi yolg’on, deydi.

“Bosh vazir bo’lib ishlagan yillarim mobaynida menga qarshi kamida 15 ta da’vo ochish va tergov boshlash harakatlari bo’lgan, meni hokimiyatdan olish uchun. Gazetalarda sensatsion sarlavhalar, jonli efirda reportajlar berishgan. Ba’zilari bugungiga o’xshagan politsiya tavsiyalari bilan cheklandi, xolos”, - dedi u.

Qonunchilarning bu masalada fikri bo’lingan.

“Yillar davomida Netanyaxu o’zini ishonchli va haqqoniy rahbar sifatida ko’rsatib keldi. Hozir ham shunday deb o’ylayman”, - deydi Netanyaxuning “Likud” partiyasidan deputat Sharren Xaskel.

“Muxolifat Netanyaxu ketishi kerak degan fikrda. Gap nafaqat hozirgi gumonlarda. Netanyaxu bu kabi da’volardan o’zini tozalash uchun Isroil demokratiyasining barcha institutlariga hujum qildi. Hozirgi ish sudga yetmasidan ketishi kerak lavozimidan”, - deydi sobiq jurnalist, Knesset a’zosi Merav Mixaeli.

Netanyaxuning taqdiri hozir bosh prokuror qo’lida. U aybdor deb topilsa ham bosh vazirlikdan darrov ketmasa-da, konservator va liberallardan tuzilgan qaltis koalitsion hukumatga mamlakatni boshqarish yanada qiyinlashadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG