Breaking News

Yangi Zelandiyada ikki siyosatchi ayol bosh vazirlik uchun bellashmoqda


17-oktabr kuni Yangi Zelandiyada parlament saylovlari o’tkaziladi. Bosh vazirlikka ikki asosiy nomzod bugun so’nggi teledebatda bellashdi.

Xalqaro hayot – 15-oktabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:45 0:00

Amaldagi Bosh vazira Jasinda Ardern Leyboristlar partiyasi yetakchisi bo’lib, saylovda mag’lub bo’lsa, partiya rahbarligidan ketishini bidirdi. Biroq so’nggi ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, hukmron partiya muxolif Milliy partiyadan 15 foiz oldinda ketmoqda.

Konservativ partiya rahbari, 61 yashar Judit Kollins ommaviy so’rovlarga ishonmasligini aytdi. Kollins huquqshunos bo’lib, partiya rahbarligiga uch oy oldin kelgan, yaqin o’tmishda oltita vazirlikni boshqargan.

Yangi Zelandiya bolalar orasida qashshoqlik va o’lim darajasi bo’yicha rivojlangan mamlakatlar ichida eng qolog’i ekan, Ardern qashshoqlikni 2030-yilgacha 50 foizga kamaytirishga va’da berdi.

Bosh vaziraning koronavirusga qarshi siyosati tufayli uning reytingi yanada oshdi. Ardern pandemiya boshlanishi bilan 5 million aholiga ega mamlakatda erta karantin joriy etib, chegaralarni yopdi, virusni nazoratga olishga muvaffaq bo’ldi. Yaqinda uning poytaxt Vellingtondagi Viktoriya universiteti talabalari bilan uchrashuvi chog’ida hech kim niqob taqmadi, chunki virus ortiq tarqalmayotgani aytiladi.

Ardernning Yangi Zelandiya musulmonlari orasida ham obro’si baland. O’tgan yili qurollangan bir odam Kraystcherch shahrida ikki masjidga bostirib kirib, 51 musulmonni o’ldirganida Ardern hijob kiyib, qurbonlar yaqinlaridan xabar olgan, ularga dalda bergan edi. So’ng hujumkor qurollar savdosini man qilib, aholidan 50 mingdan ziyod qurol sotib olib, ularni yo’q qilish dasturini joriy etdi.

Saylovchilar marixuana va evtanaziyani qonuniylashtirishga ham ovoz beradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG