Breaking News
Din

Yangi Zelandiya ahli musulmonlarni turli yo'llar bilan qo'llab-quvvatlamoqda


Yangi Zelandiyada oq tanli politsiyachi ayol boshida ro'mol, ko'ksida qizil atirgul bilan musulmon jamoasiga hamdardligini bildirmoqda

Yangi Zelandiyaning musulmonlarga qarshi terror xuruji bo’lgan Kraystcherch shahrida qurbonlar hamon xotirlanmoqda. 15-mart kuni avstraliyalik oq tanli millatchi ikki masjidga qurol bilan bostirib kirib, 50 odamni o’ldirgan. O’zga dinlardagi ayollar boshiga o’z qo’li bilan tikilgan ro’mol o’rab chiqdi.

Xalqaro hayot - 25-mart, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:58 0:00

“Tikish-bichishni yaxshi ko’raman. Shu bilan dalda berishim mumkin. Oldin o’zim ham ro’mol o’rab yurganman, boshqalar diniy sababga ko’ra shunday qilsa ham qarshiligim yo’q”, - deydi Libbi Deyvis.

Fojia ro’y berganidan beri jamoa, mahalla, shahar ahli turli yo’llar bilan musulmonlarga hamdardligini ko’rsatmoqda. Ro’mol tikish shulardan biri.

“Ular bilan hamdard ekanimizni bildirmoqchimiz. Bilishimizcha, ba’zi musulmonlar hijob kiyishga qo’rqib qolgan, ammo terror xurujiga qaramay, mahallamiz xavfsiz ekanini namoyish etmoqchimiz”, - deydi Indiya Xaus ismli yurist ayol.

O’tgan hafta juma namozida musulmon bo’lmagan ko’plab odam birgalikda ibodat qildi.

“Ajoyib hissiyot. Juma namozida kim musulmonu, kim boshqa ekanini bilolmadim. O’qituvchim hijobda yurganini ko’rib qoldim. Bir necha kursdoshlarim ham. Buni olqishlayman”, - deydi talaba Lamiya Husayn.

Yangi Zelandiya Bosh vazirasi Jasinda Ardern fojiani terrori xuruji deb atab, qurol nazoratiga doir qonunlarni kuchaytirish choralari haqida ma’lum qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG