Breaking News

Internet, texnologiya - jurnalistning muhim qurollari


Jurnalistlar bugun multimedia shaklida ma’lumot uzatishni ipidan ignasigacha bilishi shart.
Jurnalistlar bugun multimedia shaklida ma’lumot uzatishni ipidan ignasigacha bilishi shart.

Internet va jadal rivojlanayotgan texnologiya bois jurnalistlarning ishi va odamlar axborotni qanday tinglab tomosha qilishi o’zgarib bormoqda. Xabar uzatishning bugun yo’li ko’p. Los-Anjelesdagi universitet bo’lg’usi jurnalistlarga eng ilg’or texnologiya yordamida zamon bilan teng ishlashni o’rgatayapti.

Feyt Miller kollejda jurnalistikani o’qidi, o’rgandi.

“Universitetda haqiqiy reportajlar, haqiqiy jurnalistika qanday bo’lishini tasavvur qila olmas ekan odam”, - deydi Miller.

Katta avloddan farqli Janubiy Kaliforniya universiteti, jurnalistika maktabida (University of Southern California Annenberg School of Journalism) talabalar xabarni har xil platformalar orqali uzatishni o’rganadi. Televideniye, radio, internet shular jumlasidan. Bu hali hammasi emas, deydi jurnalistika fakulteti rahbari Villou Bey.

“Jurnalistlar bugun biror mavzu ustida ishlayotib, uni tahlil qilayotib har xil texnologik vositalardan foydalana bilishi kerak. Multimedia shaklida ma’lumot uzatishni ipidan ignasigacha bilishi shart. O’zining xabarini auditoriyaga yetkazish yo’llarini bilsin; iloji boricha ko’proq odamlarga yetishni eplasin”, - deydi Villou Bey.

Eng zamonaviy uskuna bilan jihozlangan mana bu yangi xabarlar bo’limida studentlar televideniye, radio va vebsayt ustida maza qilib ishlayapti. Talabalar texnologiyadan xabari bo’lishi muhim, ya’ni kompyuterda programmalashdan oz-moz bilimi bo’lishi shart.

“Internet qanday ishlashini bilsin, o’ynata olsin bu global tarmoqni”, - deydi internet jurnalistika bo’yicha professor Robert Xernandez veb yordamida xabar uzatish usullarini namoyish qiladi.

“Telefonda panorama funksiyasidan foydalanib rasmga olish, videoga tushirish mumkin. Masalan, tornadoning asoratlarini, vayronagarchilikni shunaqa qilib ko’rsatsa bo’ladi”.

Studentlar “Google” oynaklari bilan eksperiment qilishi mumkin.

Vill Federman bosma va internet jurnalistikani o’rganayapti:

“Bugun jurnalist iloji boricha ko’p ko’nikma va malakaga ega bo’lishi muhim. Har sohadan bir shingil o’rganmasa bo’lmaydi. Aks holda bozorda biror ish topishingiz gumon”.

Maqsad studentlarni real hayotga tayyorlash, shuningdek, texnologiya bilan erkin ishlay olishini ta’minlash. Texnologiya jadal rivojlanayapti, bolalar ham moslashishi shart. Lekin zamonaviy uskunalar odamdan ko’proq mas’uliyat talab qilishi ham rost, deydi professor Serena Cha:

“Jurnalistika talabalari mas’uliyat nima ekanini bilishi kerak. Ayniqsa, texnologiya taraqqiy etib, voqelikni boshqarish va manipulyatsiya qilish yo’llari tobora boyib borayotgan bir paytda”.

Professorning eslatishicha, eng zaruri - studentlar jurnalistika tamoyillarini o’rgansin. Xolis, asosli, tezkor axborot uzata olishni mahkam egallasin.

Jurnalistika va zamon - Amerika universitetlarida - New Generation Journalism
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:57 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG