Breaking News

O'zbekistonda mardikorlardan gap ochgan faollar tazyiqqa uchradi


O’zbekistonda erkin jamiyat uchun kurashayotgan faollar so’zlariga ko’ra, mardikor ishchilar aholi orasida huquqi eng ko’p oyoq osti qilinayotgan nochor qatlamni tashkil etmoqda.

O'zbekistonda mardikorlardan gap ochgan faollar tazyiqqa uchradi/Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:39 0:00
Yuklab oling

Ish izlayotgan minglab fuqarolar muammolari bilan hukumat ham, nodavlat tashkilotlar ham shug’ullanmaydi.

Faollarning mardikor huquqlarini himoya qiluvchi mustaqil uyushma tuzish harakati esa to’siqqa uchrab keladi. Bu yo’ldagi tashabbuschilardan biri 15 kunlik qamoq jazosiga hukm qilingan, yana biri katta miqdorda jarimaga tortilgan.

So’nggi kunlarda huquq himoyachilari O’ktam Pardayev va Faxriddin Tillayev ma’muriy qonunbuzarlikda ayblanib, 15 kunga ozodlikdan mahrum qilingan.

“Ezgulik” inson huquqlari jamiyatining Qashqadaryodagi faoli Hasan Choriyev ustidan hokimiyatga tuhmat qilish aybi bilan jinoiy ish ochilgan.

Pardayevning Jizzaxda hibsga olinishiga paxta terimiga majburiy safarbarlikka chek qo’yish haqidagi chaqiriqlari sabab bo’lgan.

Surxondaryoda Tillayevning ushlanishi esa bir guruh faollar tashabbusi - mardikorlarning mustaqil kasaba uyushmasini tuzish harakati bilan bog’liq ko’riladi.

Huquq himoyachilarining jazoga tortilishi rasman ular faoliyati bilan bog’lanmayapti. Jumladan, Tillayev ustidan noma’lum bir ayol Ichki ishlar boshqarmasiga shikoyat qilgani aytiladi.

Tillayev safdoshlari deydiki:

“Ayol kishi ariza bilan murojaat qilgan. Keyin u hisga olingan, deyishyapti. Lekin aslida hammaga ma’lum, ayollardan provokatsiya qilish uchun ariza yozdirib olishadi. Hozir u kishini 15 sutkaga qamabdi, ma’muriy sud qilib. Biz mardikorlarning mustaqil profsoyuzini tashkil qilish uchun harakat qilayotgan edik. Ichki ishlar xodimlarining bizga ko’rsatayotgan qarshiligidan ularning mardikorlar orqasidan katta foyda ko’rayotgani ham aniq bo’lib qoldi. Vaqtinchalik propiska deb pul oladi, hech bir sababsiz Panelniyga tiqib ham pul oladi. Boyroq odamlarga mardikorlarni berib yuboradi, paxtaga majburan ishlatgani olib chiqadi. Bular hammasi mardikorlar huquqlari toptalayotganini ko’rsatadi. Biz ularni himoyaga oladigan tashkilot tuzish maqsadida edik”, - deydi tashkilot tashabbuschilaridan biri Abdulla Tojiboy o’g’li.

Biroz oldin Tillayev va muxolifatdagi “Erk” partiyasi faoli Nuriddin Jumaniyozov kasaba uyushmasi tuzish yuzasidan mardikorlar bilan o’tkazayotgan suhbat paytida ushlangan edi.

Tojiboy o’g’lining aytishicha, nodavlat tashkilotni ro’yxatdan o’tkazish uchun faollar qonun asosida ish olib borishayotgan edi.

“Hozir bizning bu harakatimizni to’xtatishga urinishayapti, tazyiqlar, turli jarimalar qilinayapti. Adliya vazirligida nodavlat-notijorat tashkilotni ro’yxatdan o’tkazish me’yori belgilangan. Unga ko’ra, majlis protokoli, majlisda qatnashgan odamlarning pasport ma’lumoti, tashkilot nizomi, a’zolar soni, ariza bo’lishi kerak. Shundan keyin arizalar Adliya vazirligiga topshiriladi. Biz hozir shu jarayon ustida ishlayotgan edik, buni esa to’xtatishga harakat qilishmoqchi”, - deydi u.

Faollarning aytishicha, mardikorlar mamlakatdagi eng huquqsiz va nochor qatlamni tashkil etadi.

“Profsoyuzdan maqsad katta bir mardikorlar armiyasining huquqlarini himoya qilish. Albatta, ular haq-huquqi haqida mustaqil tashkilot og'iz ochgani hukumatda qo’rquv uyg’otgan. Chunki mardikorlar juda katta kuch, agar o’z talablarini ko’tarib namoyishga chiqsa, hukumat iste’foga ketishga majbur bo’ladi”, - deydi Tojiboy o’g’li.

Mamlakatda inson huquqlari bilan bog’liq mustaqil chiqishlar doim bosim ostida. Bu mavzuda matbuotda gapirish imkoni yo’q.
  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG