Breaking News

AQShda 11-sentabr voqealari xotirlandi

O'sha mash'um kun
1/15 O'sha mash'um kun
Nyu-York
3/15 Nyu-York
Oq uy, Vashington
4/15 Oq uy, Vashington
Virjiniya shtati
6/15 Virjiniya shtati
O'lganlarning yaqinlari
7/15 O'lganlarning yaqinlari
O'lganlarning yaqinlari
8/15 O'lganlarning yaqinlari
Nyu-York
10/15 Nyu-York
Pentagon, Virjiniya shtati
11/15 Pentagon, Virjiniya shtati
Nyu-York
12/15 Nyu-York
Nyu-York
13/15 Nyu-York
Kobul, Afg'oniston
14/15 Kobul, Afg'oniston
Previous slide
Next slide

Bugun AQShda 2001-yil 11-sentabr terror xurujlari xotirlanmoqda. Prezident Donald Tramp voqeaning 16 yilligi munosabati bilan Oq uydagi marosimda qatnashdi. U ilk samolyot Nyu-Yorkda osmono’par binoga urilgan vaqt 8:40 da bir daqiqalik sukut saqladi. Ikkinchi samolyot Jahon savdo markaziga 23 daqiqadan so’ng urilgan edi. Har ikkisi qulab, salkam 3000 odam o’lgan.

Tramp Pentagondagi xotira marosimida ham qatnashdi. O’sha kuni Mudofaa vazirligiga ham bir samolyot urilgan. Yana biri esa Pensilvaniyaning Shenksvil shahrida qulagan. U yerga Vitse-prezident Mayk Pens bordi.

Jahon savdo markazi qulagan joyda hozir "Ozodlik minorasi" - yangi osmono'par bino qad ko'tarmoqda. Bugun u yerda 11-sentabrda nobud bo'lgan har bir odamning ismi o'qib eshittirildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

This item is part of
XS
SM
MD
LG