Britaniyalik yozuvchi Kadzio Isiguro adabiyot bo’yicha 2017-yilgi Nobel mukofotining sovrindori bo’ldi.
Shvetsiyada joylashgan mukofot qo’mitasining aytishicha, uning romanlari “bu bunyo bilan ro’yoviy bog’liqligimiz ostidagi tubsizlikni fosh etgan”.
62 yoshli muallif Yaponiyaning Nagasaki shahrida tug’ilgan, besh yoshida Britaniyaga ko’chib kelgan.
Isiguro bir qator romanlar yozgan, ammo qo’mitaga ko’ra, uning eng mashhur asari “Kun qoldiqlari” romanidir. Unda Angliyadagi bir dacha xizmatkori hayoti hikoya qilinadi.
Bu roman asosida film ishlangan. Unda Oskar mukofoti sovrindorlari Antoni Hopkins va Emma Tompson suratga tushgan.
1,2 million dollarlik mukofotni qo’lga kiritgan muallif Doris Lessing va Ernest Hemingueylar qatoridan joy oldi.
O’tgan yili bu sovrinni shoir va qo’shiq yozuvchisi Bob Dilan qo’lga kiritgan edi.
1901-yildan beri adabiyot bo’yicha Nobel mukofoti 110 marta o’z egasiga topshirilgan.
Shuningdek, bu yilgi tinchlik bo’yicha Nobel mukofoti Yado qurollarini tugatish bo’yicha xalqaro kampaniyaga nasib etdi.
Facebook Forum