Shimoliy Koreya ballistik raketa otgan

  • Amerika Ovozi

Pxenyan yangi qurollarini sinashda davom etmoqda

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligiga ko'ra, Pxenyan 4-iyul kuni ertalab ballistik raketa otgan. Shimoliy Koreya hukumati buni odatdagi sinov deya ta'riflamoqda.

Biroq Seul nazarida bu janubga nisbatan tahdid kuchayib borayotganidan dalolat. Shimol tobora haddidan oshmoqda, deydi janub rasmiylari. Yakkalanib qolgan bo'lsa-da, Pxenyan atom arsenali, shuningdek, biologik va kimyoviy qurollarini ko'paytirib, bu sistemalarini takomillashtirishda davom etmoqda. Shimoliy Koreya uchun qurollanish milliy siyosatning ajralmas qismi, deydi ekspetlar.

AQSh hukumati unga qarshi sanksiyalarni kuchaytirib, xalqaro hamjamiyatni ham shunday qilishga undar ekan, Pxenyan Shimoliy Amerikaga yeta oladigan qaqshatqich vositalarga ega ekani haqida bong urmoqda.

Yaqinda bu davlat interkontinental ballistik raketa tizimlarini sinovdan o'tkazayotgani haqida xabar berdi.

Prezident Donald Trampning qayd etishicha, Shimoliy Koreyaga qarshi barcha choralar muhokamada, xususan harbiy kuch ishlatish.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG