Shimoliy Koreyaning navbatdagi raketa sinovi

  • Amerika Ovozi

Yaponiyaning raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi

Seshanba kuni tongda Shimoliy Koreya Yaponiya uzra raketa otib, bu mamlakat noroziligiga uchradi. Qo’shni Janubiy Koreya ham sinovni qoraladi. Yaponiyaga ko’ra, raketa uchga bo’linib, Tinch okeaniga quladi.

"Mamlakatimiz uzra amalga oshirilgan bunday mas’uliyatsiz harakat mintaqa tinchligi va xavfsizligi uchun misli ko’rilmagan, jiddiy tahdiddir”, - dedi Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe.

Parvoz paytida Yaponiyaning aholini ogohlantirish sistemasi sun’iy yo’ldosh orqali harakatga kelgan.

AQSh va Janubiy Koreya Pxenyanning raketa sinoviga nisbatan javob choralari hozirlamoqda.

Janubiy Koreya rasmiylariga ko’ra, shimolga muloqot taklif etilganiga qaramay, Pxenyan provokatsiyaga qo’l urishga qaror qildi.

“AQSh va Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirlari jazo choralariga kelishgach, hujjat BMT Xavfsizlik Kengashiga oshiriladi”, - deydi Janubiy Koreya prezidenti matbuot kotibi.

Yaponiya ham bu tashabbusga qo’shilishini ma’lum qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG