Breaking News

Tramp Pxenyanga qarshi harbiy kuch ishlatish haqida yana og’iz ochdi


Prezident Tramp Janubiy Koreya rahbari bilan telefonda Shimoliy Koreya yadro dasturini muhokama qilmoqda
Prezident Tramp Janubiy Koreya rahbari bilan telefonda Shimoliy Koreya yadro dasturini muhokama qilmoqda

AQSh Prezidenti Donald Trampning ogohlantirishicha, agar Qo’shma Shtatlar Shimoliy Koreyaga qarshi harbiy kuch ishlatishga qaror qilsa, bu shu mamlakat uchun eng ayanchli kun bo’ladi.

Unga ko’ra, Pxenyan yadro dasturini to’xtatish uchun yangicha yondashuv zarur.

“Oldingi prezidentlarimiz 25 yil quruq gapdan bo’shamadi. Shimoliy Koreya bilan biror kelishuvdan so’ng Pxenyan yadro qurollari ustida ishlashda davom etaverdi. Harbiy kuch qo’llashni istamasdim, ammo bunday ehtimolni hisobdan chiqara olmayman”, - dedi Tramp.

So’nggi kunlarda Amerika prezidenti Osiyo va Yevropadagi davlatlar rahbarlari bilan telefon orqali muloqotda Shimoliy Koreya tahdidi xususida gaplashdi.

Yevropa Ittifoqi Pxenyanga iqtisodiy bosimni kuchaytirish tarafdori.

“BMT sanksiyalari bilan bir qatorda Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ijrosini nazorat qilsak, shunda diplomatik muloqotga yo’l ochiladi”, - deydi Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo’yicha oliy vakili Federika Mogerini.

BMTning Shimoliy Koreyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarini qo’llab-quvvatlagan Xitoy qo’shni mamlakatga neft va gaz uzatishda davom etmoqda. Pekin nazarida, qattiqroq sanksiyalardan foyda bo’lmaydi, Koreya yarimorolidagi taranglik yumshamaydi.

Qo’shma Shtatlar BMT Xavfsizlik Kengashida Shimoliy Koreya bo’yicha yangi rezolyutsiya ustida ishlamoqda. Hujjat dushanba kuni ovozga qo’yiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG