Breaking News

Pens Shimoliy Koreya rasmiylari bilan uchrasha olmadi


Oldingi qatorda: AQSh Vitse-prezidenti Mayk Pens, ortida: Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Unning singlisi Kim Yo Chen va Shimoliy Koreya Oliy xalq kengashi prezidiumining raisi Kim Yon Nam

AQSh rasmiylariga ko’ra, Vitse-prezident Mayk Pens oy boshida Shimoliy Koreya rasmiylari bilan uchrashishi kerak edi, biroq so’nggi daqiqada kommunistik davlat vakillari uchrashuvni bekor qilgan.

Uchrashuv Janubiy Koreyada Qishki Olimpiya o’yinlari ochilishidan bir kun o’tib bo’lishi kerak edi. Pens Pxyonchanda AQSh rasmiy delegatsiyasiga rahbarlik qilgan edi.

Kelishuvga ko’ra, vitse-prezident Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Unning singlisi Kim Yo Chen va yana bir rasmiy bilan ko’rishishi kerak edi. Kim Yo Chen akasining o’ng qo’lib bo’lib, hukumatining tashviqot va targ’ibot idorasini boshqaradi. Shimoliy Koreya rasmiylari Olimpiya o’yinlari ochilishi paytida Mayk Pensdan sal narida o’tirgan.

Uchrashuv nega bekor bo’lgani ma’lum emas. Xabarlarga qaraganda, Mayk Pens ochilish marosimidan oldin o’tkazilgan rasmiy ziyofat paytida shimoliy koreyalik rasmiylarni olqishlamagani, sal avvalroq esa Shimoliy Koreyadan qochgan sobiq rasmiylar bilan uchrashgani pxenyanlik mehmonlarga yoqmagan.

Shimoliy Koreya davlat matbuotiga ko’ra, Mayk Pens Olimpiada ochilishida bir jamoa bo’lib chiqqan Janubiy va Shimoliy Koreya sportchilarini olqishlashdan bosh tortib, hurmatsizlik qilgan. Pxenyan matbuotining taxmin qilishicha, ikki Koreya o’rtasidagi aloqalarning yaxshilanishi AQShga yoqmayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG