Breaking News

Shimoliy Koreya yangi provokatsiya boshlamoqda


Kesondagi bino. Portlatilishidan oldin

Shimoliy Koreya chegaradagi Keson shahrida ikki Koreya o’rtasidagi aloqa markazi joylashgan to’rt qavatli binoni portlatib yuborganidan so’ng harbiy taranglik yuzaga keldi. 2018-yilda ochilgan idora elchixona vazifasini ham bajargan edi.

Shimoldan janubga qochib o’tgan faollar havo sharlari yordamida chegaradan o’z yurtiga varaqalar tarqatgani Pxenyanni g’azabga soldi. Shimoliy Koreya chegaraga qo’shin tortib, harbiy mashg’ulotlarni jonlantirishini bildirdi.

“Pxenyanning bu qadami ikki Koreyaning yarimorolda tinchlikni o’rnatishga qaratilgan harakatlari va bu yo’lda erishilgan yutuqlarini yo’qqa chiqarmoqda. Shimol do’q-po’pisalarini amalga oshirsa, bu harakatlari o’ziga qimmatga tushadi”, - dedi Janubiy Koreya armiyasi bosh shtabida amaliyotlar bo’limi boshlig’i Chon Don Jin.

Shimolning agressiya kampaniyasi tepasida uning raisi Kim Chen Un emas, rahbarning singlisi Kim Yo Jon turibdi. Yaqingacha mamlakat rahbarining maslahatchisi rolida bo’lgan 31 yashar ayol davlat boshqaruvida faolroq ishtirok eta boshlagan.

“Bunday harakatlar bilan Kim Yo Jon o’zining yuqori darajadagi rahbar mavqeini isbotlashga urinayotgan bo’lishi mumkin”, - deydi Avstraliyadagi Griffit universitetida siyosatshunoslik bo’yicha professor Endryu Onil.

Janubiy Koreya hukumati faollarning chegaradagi harakatini to’xtatish uchun sudga murojaat qilgan. Biroq ba’zilar nazarida, Pxenyan bu kabu uyushtirilgan provokatsiya bilan har doimgidek Janubiy Koreya va AQShdan bir nima undirib olmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG