Shimoliy Koreya yana terrorizmni moliyalovchi davlatlar ro’yxatida

  • Amerika Ovozi

Janubiy Koreya va Yaponiya AQSh hukumatining Shimoliy Koreyani terrorizm homiylari ro’yxatiga qayta qo’shganini olqishlamoqda. Buning natijasida Pxenyanga qo’shimcha moliyaviy va diplomatik bosim qo’yiladi.

Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligiga ko’ra, chora Shimoliy Koreyani yadro qurolidan ayirishga qaratilgan.

“AQShning bu qarori xalqaro hamjamiyatning Shimoliy Koreyani yadroviy salohiyatidan ayirishga qaratilgan say'-harakatlaridan biri. O'ylaymizki, bu Pxenyan yadro dasturini tinch yo’l bilan yopishga yordam beradi”, - deydi vazirlik so’zlovchisi.

AQSh Davlat kotibi Reks Tillersonning aytishicha, Pxenyanga bungacha qo’yilgan sanksiyalar ish bermoqda, muammoni diplomatik yo’l bilan hal qilishga umid hali ham bor.

Ayni damda AQShning terrorizmni qo’llab-quvvatlovchi davlatlar ro’yxatidan Shimoliy Koreyadan tashqari Eron, Sudan va Suriya joy olgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG