Pxenyan yadro qurollarini yaratish rejasidan qaytmoqchi emas

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi Reks Tillersonga ko'ra, agar Pxenyan dunyo hamjamiyati bilan muloqot boshlamoqchi bo’lsa, avval ballistik raketalari sinovlarini bas qilishi zarur. Shimoliy Koreya dasturdan voz kechish niyati yo’qligini bildirdi.

Pxenyan yadro qurollarini yaratish rejasidan ham qaytmoqchi emas. Kommunistik davlatning BMTdagi vakolatxonasi bayonotiga ko’ra, raketa sinovlari uchun unga qo’yilgan sanksiyalar mamlakat suverenitetini poymol qilmoqda.

Filippin poytaxti Manilada o’tgan xavfsizlik anjumanida Shimoliy Koreya vakiliga ko'ra, yadro qurollari yoki ballistik raketa dasturlari hech bir payt to’xtatilmaydi.

Pxenyan BMT Xavfsizlik Kengashi sanksiyalarini keskin qoraladi. Uning ittifoqchilari Xitoy va Rossiya hujjatni yoqlab chiqdi. Agar Xitoy sanksiya talablariga to’liq rioya qilsa, Pxenyan iqtisodiyoti bir milliard dollargacha zarar ko’rishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG