Tramp Shimoliy Koreyaga qarshi do’q-po’pisasidan qaytmayapti

  • Amerika Ovozi

AQSh Prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyaga qarshi do’q-po’pisalaridan qaytmayapti. Unga ko’ra, agar Pxenyan urush boshlamoqchi bo’lsa, oxiri o’ziga yomon bo’ladi.

Shu hafta Shimoliy Koreya AQSh sanksiyalariga javoban Tinch okeanida Qo’shma Shtatlarga tegishli Guam orolini nishonga olishi mumkinligini aytgan edi.

Trampga ko’ra, agar Pxenyan Guamga zarar yetkazsa, boshiga kulfat tushadi.

“Shimoliy Koreyaga Guamga, AQShga, Yaponiya yoki Janubiy Koreyaga tahdid qilishiga yo’l qo’ymayman”, - dedi Tramp.

Pxenyan bir necha hafta ichida Guam yaqinida to’rtta ballistik raketasini sinamoqchi. Raketalar Yaponiya uzra uchishi mumkin.

AQSh Mudofaa vaziri Jim Mattisning aytishicha, vaziyatni diplomatik harakatlar bilan yumshatish zarur.

"Diplomatlar va razvedka idoralari vaziyatni nazorat ostiga olishga urinmoqda”, - dedi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG