Breaking News

Shimoliy Koreya AQSh diqqatini tortishga harakat qilmoqda


Kim jong un

Aprel oyida Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un AQSh yil oxirigacha yadroviy muzokaralarda pozitsiyasini yumshatadi deya bashorat qilgan edi. Uning gaplarini Vashington jiddiyroq qabul qilishi uchun Shimoliy Koreya shundan beri 12 bor raketa sinovi o’tkazgan. Biroq AQSh pozitsiyasi o’zgarganidan hanuz darak yo’q. Shunday ekan vaziyat beqarorlashi mumkin, deydi kuzatuvchilar.

Xalqaro hayot - 5-noyabr, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:08 0:00

O’tgan hafta Shimoliy Koreya yana ikkita raketa uchirdi. Bir paytning o’zida bir nechta raketa otadigan moslama bungacha avgust va sentabr oylarida ham sinalgan edi.

Kim Chen Un AQShdan muzokaralarda qo’shimcha imtiyozlarni qo’lga kiritishga umid qilmoqda.

“O’ylaymanki, kelasi yili katta o’zgarish bo’ladi. Vaziyat yomonlashadi deb qo’rqyapman”, - deydi Janubiy Koreyaning Changvon shahridagi Kyungnam universiteti professori Li Byon Chul.

Yil yakunlanib borarkan, Shimoliy Koreya o’z talablariga diqqatni tortishda davom etmoqda. O’tgan oy Kim Chen Un oq rangli ot minib, mamlakatdagi eng baland toqqa chiqdi. Mahalliy matbuot davlat rahbari dunyoni larzaga solishga taraddud ko’rayotgani haqida xabar berdi.

O’tgan hafta rasmiy Pxenyan bayonot chiqarib, AQSh Prezidenti Donald Tramp Kim bilan tanish ekanidan foydalanib, ishni paysalga solmasligi, Shimoliy Koreya talablarini yil oxirigacha bajarish zarurligi haqidagi gaplarni jiddiy qabul qilishi kerakligini, aks holda pushaymon yeyishini bildirdi.

“Agar yil oxirigacha ikki rahbar o’rtasida uchinchi sammit uyushtirilmasa yoki Pxenyan kutayotgan natija bo’lmasa, Shimoliy Koreya yangi yadroviy yoki qit’alararo ballistik raketa sinovini o’tkazadi”, - deydi Shimoliy koreyashunoslik universiteti professori Mu Jin Yan.

Pxenyan bunday ehtimol haqida so’nggi bir necha haftadan beri aytib keladi. Biroq impichment jarayoniga yuz tutgan va lavozimidan ketish xavfi bilan yuzlashayotgan Tramp Pxenyan ogohlantirishlariga munosabat bildirgani yo’q, Shimoliy Koreyani deyarli tilga olmayapti.

Kim Chen Un uning diqqatini o’ziga qaratish uchun nima qilarkan?

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG