10-avgust kuni Norvegiya poytaxti Oslo tevaragidagi Berum kommunasida joylashgan al-Nur masjidiga qurollangan bir yigit kirib, tartibsiz o't ochgan.
Guvohlarga ko'ra, xuruj paytida masjidda uch odam bo'lgan. Shu payt ulardan biri, 75 yashar musulmon Qur'on kitobini o'qiyotgan bo'lgan. O'q ovozlarini eshitgach, u yigitga tashlanib, politsiya kelgunga qadar uni ushlab turgan. Qariyaning o'zi yengil jarohat olgani aytiladi.
Xurujga qo'l urgan yigitning yoshi 20 larda ekani ma'lum, asli islandiyalik, masjid yaqinida istiqomat qiladi.
Politsiyachilar uning uyiga borganida yosh juvonning jasadi topilgan. Ikkisining qarindosh ekani xabar qilinmoqda. Politsiya voqeani terror xurujiga harakat sifatida tergov qilmoqda.
Norvegiya Bosh vazirasi Erna Solberg 11-avgust kuni Oslodagi bir mehmonxonada mahalliy musulmon jamoa sodir bo'lgan voqea bo'yicha uyushtirgan tadbirda qatnashdi.
Norvegiya politsiyasi Oslo tevaragidagi masjidga hujumni tergov qilmoqda
- Amerika Ovozi

Facebook Forum