Dunyoning turli burchaklaridan sara fotolar...
Bugungi dunyo suratlarda - 18-noyabr, 2020
- Amerika Ovozi

1
Omborxonasini o'zi bilan olib ketayotgan tog'li qorabog'lik. Kalbajar, Lochin tumanlari va Agdam viloyatining arman aholisi o'z uylarini tark etmoqda.
Mazkur tuman va viloyatlarda 1990-yillarda boshlangan urushda ko’plab ozariylar ham uylarini tashlab ketgan edi.
Mazkur tuman va viloyatlarda 1990-yillarda boshlangan urushda ko’plab ozariylar ham uylarini tashlab ketgan edi.

2
G'isht zavodi ishchisi. Indoneziya.

3
Mahbuslar namoyishi. Qamoqxonada koronavirus keng tarqalgandan so'ng, mahbuslar sud jarayonlarini tezlashtirish va garov evaziga chiqish masalasini tezroq ko'rib chiqishni talab qilmoqda. Shri-Lanka.

4
Murchli vositaning ta'sirini yengillashtirish uchun namoyishchilar yuziga un sepmoqda. Qadimiy qabristonda mehmonxona qurulishiga qarshi chiqqan namoyishchilarni tarqatish uchun politsiya murchli vosita qo'llagan. Quddus.
Facebook Forum