Dunyoning turli burchaklaridan sara fotolar...
Bugungi dunyo suratlarda - 23-noyabr, 2021

1
Polshaning musulmon jamoalari o'lik tug'ilgan go'dakni yerga qo'ymoqda. Oxirgi haftalarda Polsha-Belarus chegarasida noqulay sharoit tufayli o'ndan oshiq odam halok bo'ldi. Polsha.

2
Polsha-Belarus chegarasi yaqinidagi transport-logistika markaziga joylashtirilgan muhojirlarga taom tarqatilmoqda. Grodno, Belarus.

3
Bemor kasalxonaga olib kelindi. Ahmadobod, Hindiston.

4
Bolgariyada makedoniyalik sayyohlarni olib ketayotgan avtobus halokatga uchrab yonib ketdi. Kamida 45 kishi halok bo'lgan. Qurbonlar orasida 12 nafar bola ham bor. Jarohatlangan yetti kishi shifoxonaga yetkazilgan.