Breaking News

Nyu-York suriyalik qochqinlarga ochiq


Nyu-York suriyalik qochqinlar uchun ochiq
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:36 0:00

Nyu-York suriyalik qochqinlar uchun ochiq

Amerikada suriyalik qochqinlar masalasida qizg’in bahslar ketayapti. Fikrlar tarqoq, mamlakat bo’lingan. Jahonning har xil burchaklaridan muhojirlar panoh topgan Nyu-York shahrida esa bir tashkilot qochqinlarni bag’riga olmoqda.

Davlat departamenti hisobicha, Amerikaga shu damgacha Suriyadan 2000 dan oshiq qochoq kelgan, 77 foizi ayollar va bolalar. O'nlab qochqinlar Nyu-Yorkda panoh topdi. Mer Bill de Blazio Nyu-Yorkni mag’rur muhojirlar shahri deb ataydi. Ta’qib va urushlardan qochayotgan insonlarni, qaysi dindan bo’lmasin, hech vaqt haydamaymiz, deydi u.

Respublikachilardan prezidentlikka nomzod Ted Kruz va Jeb Bush AQSh faqat suriyalik xristian qochoqlarni bag’riga olishi kerak, musulmonlarni emas, deydi.

Donald Tramp birorta suriyalikni kiritmaymiz, masjidlarni kuzatish kerak, deydi.

Nyu-Yorkdagi Arab-Amerika jamiyatidan doktor Ahmad Jabr nazarida bu konstitutsiyaga zid.

“Nima uchun qochqinlarni qabul qilmaysiz? Nima uchun odamlarni e’tiqodi, musulmon ekani uchun ayirasiz?”

Nyu-Yorkning Bruklin tumani qoq markazida Dovud masjidi bor. 1939-yilda bu shtatda ochilgan birinchi masjid edi. Bugun 270 dan ziyod ular.

Doktor Jabrning aytishicha, Yaman, Misr, Falastin, Suriya va boshqa o’lkalardan kelgan immigrant jamoalar bugun qochoqlarning boshini silayapti.

“Mahallamizda katta oilalar bor, oramiz qalin. Xoh musulmon, xoh nasroniy bo’lsin, hamma muhojirlarga joyimiz bor”,- deydi olim.

Ahmad Jabrning tashkiloti ingliz tili darslari, tibbiy yordam, maktabdan keyin bolalar uchun dastur kabilarni havola etadi.

Boshqa jamoalar, masalan, Xalqaro qutqaruv qo’mitasi qochqin bolalarga katta shahardagi hayotga moslashishni o’rgatadi.

Oxirgi so’rov natijalariga ko’ra, Amerikada suriyalik qochoqlarni qabul qilmaylik, deganlar soni boshqalardan biroz ko’proq. Ular xavfsizlikni sabab qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG