Breaking News

Obama Xitoy rahbari bilan uchrashuvda kiber xavfsizlik masalasini ko'taradi


Obama Xitoy rahbari bilan uchrashuvda kiber xavfsizlik masalasini ko'taradi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:57 0:00

Kiber xavfsizlikdan tortib Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy nizolargacha, Vashington va Pekin orasida kelishmovchilik chuqur. AQSh Prezidenti Barak Obama shu hafta Oq uyda Xitoy rahbari bilan muloqot qiladi.

Si Zinpinning AQShga taklif qilinishi to'g'ri ish bo'ldimi? Kiber xurujlar mojarosi kuchaygan bir paytda ko'pchilik shu savolni so'ramoqda.

Chunki ortida Xtoy turgani aytilgan kiber xurujda 21 million amerikalikning ma'lumoti o'g'irlangan.

"Hukumatingiz yoki uning nomidan ish ko'ruvchilar sanoat josusligi bilan shug'ullanib, savdo sirlarini, kompaniya ma'lumotlarini o'g'irlamoqda. Biz buni agresssiya deb bilamiz va uni to'xtatish kerak", - dedi Prezident Barak Obama.

AQSh biznes yetakchilari bilan bo'lgan uchrashuvda Obama Oq uydagi uchrashuvda kiber josuslik va xavfsizlik masalasiga alohida e'tibor berishini bildirdi.

AQSh rahbari Xitoy prezidenti bilan 2013-yil Kaliforniyada bo'lgan uchrashuvda ham shu mavzuni ko'targan edi.

"Bu masalalarda biror siljishga erishishimiz kerak yoki manfaatlarimizni ifodalashning samaraliroq yo'lini topish haqida o'ylashimiz kerak", - deydi Jons Xopkins universitetining Xitoy tadqiqotlari markazi rahbari Deyvid Lempton.

Choralardan biri xurujlarga aralashgan shaxslar va tashkilotlarni iqtisodiy jazoga tortish. Ammo Obama ma'muriyati bu masalani uchrashuv o'tgungacha to'xtatib turishga qaror qilgan.

Ayrimlar AQShdan keskinroq chora ko'rishni talab qilayotgan yana bir masala Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy nizolar bilan bog'liq.

"Tabiiy qabul qilinadigan yangi vaziyat yuzaga keladi. Unda biz dengizdagi huquqlarimizni yo aniq o'rtaga qo'yamiz yoki qo'ya olmaymiz. Bu esa Xitoyga ma'qul keladi. Dengizdagi erkin harakatni talab qilishni qancha ortga sursak, uni amalga oshirish shuncha qiyinlashadi", - deydi Uilson markazi tahlilchisi Robert Deli.

Uning aytishicha, dengizdagi huquqlarni keskinroq himoya qilish Xitoy bilan hamkorlikni cheklash kerak, degani emas.

"Hamkorlikni davom ettirish juda muhim va bu aloqamizning poydevori bo'lishi kerak. Xitoyni e'tiborsiz qoldirish yoki yakkalash biz uchun variant emas", - deydi u.

Obama tashrifni bekor qilish kerak degan qarashga Deli ham, Lempton ham qarshi.

"Bu bilan muammo yanada chuqurlashadi. Shundoq ham hozir AQSh dunyoning ko'p hududlarida ixtiloflarga ega. Dunyo aholisining 20 foizi yashovchi davlat bilan mojaro kerak emas", - deydi Lempton.

Obama Xitoy rahbariga o'z tashvishlarini imkon qadar aniqroq yetkazishga urinsa ham, tahlilchilarga ko'ra, Si Zinpin, asosan, o'z yurti telekanallarida bu tashrif qanday yoritilishi haqida ko'proq qayg'uradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG