Breaking News
Din

Prezident Obama musulmonlarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi


Prezident Barak Obama
Prezident Barak Obama

AQSh prezidenti Barak Obama Amerika va butun dunyo musulmonlarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi. Tabrikda aytilishicha, Ramazon ro'za tutish, hayotga nazar tashlash, tozalanish va g'ariblarga yordam berish oyi bo'ldi.

"Iyd bayrami insoniyatni birlashtiruvchi mushtarak qadriyatlarni madh etadi va turli e'tiqod vakillarining bir-biriga bo'lgan majburiyatini oshiradi, ayniqsa qashshoqlik, mojaro va kasallikdan qiynalgan insonlarga nisbatan".

Obamaning bayonotida aytilishicha, Amerika ana shunday insonlarning farovon hayot uchun huquqlarini himoya va targ'ib qilishga tayyor.

AQShning Toshkentdagi elchixonasida muvaqqat ishlar vakili Filip Kaznet ham o'zbekistonlik musulmonlarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

"O'tgan muborak oyda, rahmat va mag'firat onlarida, millionlab amerikalik musulmonlar butun dunyodagi og'a-inilari va opa-singillari kabi o'z-o'zini poklab, duo va xayr-ehson qilishdi. Kelgusi yillarda ham barchasiga bardavom tinchlik, tuganmas baxt va mustahkam sog'lik tilayman" deyiladi ushbu tabriknomada.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG