Breaking News

Oq Uy hovlisida futbol, Mishel Obama ishtirokida


Oq Uy hovlisida futbol, Mishel Obama ishtirokida
Oq Uy hovlisida futbol, Mishel Obama ishtirokida

Semizlik Amerikada yoshu qari orasida keng tarqalgan kasalliklardan biri. AQSh prezidenti Barak Obamaning rafiqasi Mishel Obama bu muammoga qarshi kampaniya olib bormoqda.

U yaqinda futbol bo’yicha ayollar milliy terma jamoasi a’zolari va bolakaylar bilan Oq Uy hovlisida to’p tepdi.

Jismoniy tarbiya va sog’lom ovqatlanishga qaratilgan umummamlakat tashabbusni Mishel Obama o’tgan yili boshlagan edi. Bolalar va yoshlar orasida semizlikdan qutulish asosiy maqsad.

Oq Uy hovlisida futbol, Mishel Obama ishtirokida
Oq Uy hovlisida futbol, Mishel Obama ishtirokida

“Butun mamlakatimiz bo’ylab siz kabi bolakaylar badan-tarbiyani odat qilishini, ko’proq meva-sabzavot yeyishini istardim. Qancha ko’p harakat qilsangiz, g’ayrat qilsangiz, kasallikkka, dori-darmonga joy qolmaydi”, - deydi Obama.

Sport zallarini ko’paytirishdan tortib, maktablarni sifatli mahsulot bilan ta’minlashgacha bo’lgan o’nlab dasturlar yo’lga qo’yilgan. Oq Uy hovlisida estafeta, musobaqalar ham o’tkazib turiladi.

Bu gal, o’smirlar ayollar futbol terma jamoasi bilan yam-yashil maydonda to’p tepishdi. Futbol ishqibozlari uchun ajoyib sovg’a!

Jismoniy mashq deganda Mishel Obamaning o’zi ham yaxshi namuna. Musobaqalarda qatnashib, chopqillab, yoshlarga dalda berib turdi.

Oq Uy hovlisida futbol, Mishel Obama ishtirokida
Oq Uy hovlisida futbol, Mishel Obama ishtirokida

“Sport bilan shug’ullanish uchun chempion yoki yulduz bo’lishingiz shart emas. Oddiygina o’yin ham bolaga bir olam zavq bag’ishlaydi. Gimnastika va sifatli ovqat badan g’uborini tozalaydi. Fikr tiniqlashib, aqliy qobiliyatni ham oshiradi”, - deydi u.

So’nggi 30 yilda Amerikada semizlikka yo’liqqanlar soni uch karra ko’paygan. Har uch boladan biri ortiqcha vazndan qiynaladi. Mishel Obamaning aytishicha, bu kasallikka qarshi kurashda gimnastika va harakatdan yaxshiroq vosita yo’q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG