Breaking News

Obama prezidentligidan nima meros qoladi?


Obama prezidentligi nimasi bilan yodda qoladi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:35 0:00

Obama prezidentligi nimasi bilan yodda qoladi?

Barak Obama prezidentligining oxirgi bir yarim yiliga kirdik. Qolgan bu davrini Oq uy rahbari o’z merosini mustahkamlashga bag’ishlayapti. Lekin bu haqda xulosa qilishga hali erta, deydi mutaxassislar.

Obama prezidentligidan qoladigan meros haqida bahslar-Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:10 0:00

Yaqinda Afrikaga, ota-bobolari yurtiga safari Obamaning muvaffaqiyatlar zanjirini yanada mustahkamladi go’yo. Vatanda u yaqinda Eron bilan bitim imzolab obro’si oshdi.

“Bugun, ikki yillik muzokaralar ketidan Qo’shma Shtatlar, xalqaro ittifoqchilar bir necha o’n yillik adovat oqibatida erishilmagan yutuqni qo’lga kiritdi - Eron bilan yadro quroli yaralishini cheklovchi uzoq muddatli bitim imzolandi”, - dedi Obama.

Lekin ba’zi tahlilchilar buni o’yin, deya ta’riflaydi. Eronning fe’l-atvoriga bog’liq endi Obamaning kelajagi.

“Agar Eron kelishuvni buzib, oxir-oqibat baribir qurol yaratsa, mamlakat boshqalarga hujum qilsa, bundan Barak Obamaning sha’niga, tarixiy merosiga dog’ tushishi turgan gap. Bu muzokaralar bir chaqaga arzimaydigan o’yin deya talqin qilinadi va Obama nomini oqlashi qiyin bo’ladi”, - deydi tahlilchi Den Halper.

Tashqi siyodatda prezident bir necha g’alabalarga erishdi - Osama bin Laden yo’q qilindi; Iroq va Afg’onistondagi harbiy amaliyotlar keskin qisqardi; yangi mojarolarga aralashilmayapti. Lekin “Islomiy davlat” to’dasi bugun baridan oshib tushdi.

“Haqiqat shuki, Obama 2017-yilda Oq uyni tark etganida Yaqin Sharq u boshqaruvga kelgan 2008-yildan ancha og’ir ahvolda bo’ladi. Bundan chiqdi, Obamani tavakkal qilishdan qo’rqishda yoki bo’shanglikda ayblab tanqid qilishlari mumkin”, - deydi ekspert Deyvid Aaron Miller.

Prezident kommunistlar hukmron Kuba bilan aloqani tiklab ko’plarni hayron qoldirdi.

“Bir yil oldin Qo’shma Shtatlar Gavana uzra o’z bayrog’ini ko’tarishiga ishonish qiyin edi. Bugun bizning ko’k, qizil va oq chiziq tortilgan, yulduz tushirilgan bayrog’imiz Kubada hilpirayapti”, - deydi Obama.

Lekin mazkur o’zgarishlar Obamaning merosiga muhr bosish uchun yetarli bo’lmasligi mumkin, deydi Aaron Deyvid Miller, “Buyuklikning poyoni: Nima uchun Amerikada boshqa buyuk prezident bo’lmaydi?” nomli kitob muallifi:

“Tarixiy rahbar bo’ldimi Obama? Ha. Biroq Vashington, Linkoln va Ruzvelt kabi buyuk prezident bo’la oldimi? Yo’q. Shunday ekan, u boshqa 43 prezident ro’yxatida aynan qanday o’rin olishi hozircha mavhum”.

Tarixiy rahbar bo’ldimi Obama? Ha. Biroq Vashington, Linkoln va Ruzvelt kabi buyuk prezident bo’la oldimi? Yo’q.

Vatanida u ilk qora tanli prezident sifatida tarixga kirgani shubhasiz.

Amerikada ko’plar uni mamlakatni yirik bir iqtisodiy falokatdan qutqarib qolgan rahbar deya olqishlaydi.

U sog’liqni saqlash tizimida islohot qilishga erishdi - AQSh tarixidagi eng salmoqli islohot.

Ammo uning saylanishi Qo’shma Shtatlarda irqchilikka barham bermadi. Janubiy Karolina shtatida yaqinda qora tanlilarning cherkoviga hujumda o’lganlarni xotirlar ekan, prezident rasizm bir kechada unutiladigan illat emas, dedi.

Barak Obamaning merosi haqida faqat bir necha yildan so’ng aniq gapirish mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG