Breaking News

Prezident Obama: Liviyada qon to’kkanlar javob beradi

Prezident Barak Obamaning aytishicha, Liviyada amerikalik to’rt diplomatni hayotdan olib ketgan “mantiqsiz zo’ravonlikni oqlash mumkin emas”.

Bing’ozida AQSh vakolatxonasi qurolli hujumga uchrab, elchi Kristofer Stivens va yana uch xodim o’ldirilgan.


Obama bugun Oq uyda Davlat kotibasi Xillari Klinton bilan yonma-yon turib so’zladi.

Amerika diplomatik idoralari xavfsizligini oshirish uchun maxsus choralar ko’riladi, deydi u.

Hujumchilar qilmishi uchun javob beradi, deydi prezident.

"Liviya hukumati bilan birga ishlab, qon to’kkanlarni topamiz... Mard farzandlar xotirasi Amerika ahli qalbida abadiy qoladi",- deydi Obama.

Hujum paytida liviyaliklar Amerika diplomatlarini yashirishga harakat qilib, elchi Stivensni kasalxonaga yetkazgan.

Stivens Liviyada erkinlik, tinchlin va farovonlik uchun kurashgan, deya eslatadi prezident.

Oq Uyga da’vogar respublikachi Mitt Romni Obamaning bu vaziyatda xatti-harakatlarini tandiq qilmoqda.

Misr va Liviyada diplomatik missiyalar nishonga olinar ekan, Obama ma’muriyati avval boshdan hujumlarni qoralash o’rniga jinoyatchilarga hamdard bo’lganday tutdi o’zini, deydi Romni.

Respublikachilarning iddaosi shuki, amaldagi prezident keskin choralar ko'rishga jur'at eta olmayapti. Amerika xalqi xavfsizligi har narsadan ustun qo'yilishi, prezident o'z davlati himoyasi uchun dadilroq harakat qilishi kerak, deydi konservativ siyosat tarafdorlari.

Prezident Obama esa mamlakat bir necha diplomatidan ayrilib turgan bir paytda Romni siyosiy hamlalarni munosib topganidan hayratda.

Qo'shma Shtatlar diniy e'tiqodni izza qilishga qarshi va asossiz zo'ravonlikni mutlaqo oqlab bo'lmaydi, deydi u.

Amerika-Islom aloqalari kengashi rasmiysi Nihad Avad fikricha, hujumga turtki bergan film "sifatsiz, saviyasiz bir mahsulot", "musulmonlar g'azabini qo'zg'atish yo'lida qabih bir chora" va unga e'tibor bermaslik lozim.

Islomiy Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi Akmaliddin Ehsono'g'li filmni "achinarli" deb ta'riflaydi. U Amerika diplomatlariga hujumlarni keskin qoralab chiqdi.

Elchi Kristofer Stivens Amerikaning eng usta diplomatlaridan biri edi

Elchi Kristofer Stivens
1/8 Elchi Kristofer Stivens
Liviyaning Bing’ozi shahrida Amerika konsulligi hujumga uchrab, elchi Kristofer Stivens va yana uch xodim halok bo’lgan. Davlat kotibasi Xillari Klinton voqeani tanqid qilib, o’lganlar yaqinlariga hamdardlik izhor etmoqda. Stivens oxirgi 20 yilda AQShning xorijda o’ldirilgan ilk diplomati.
Elchi Kris Stivens liviyaliklar bilan qo'l berib ko'rishmoqda. Tripoli, 27-avgust, 2012-yil.
2/8 Elchi Kris Stivens liviyaliklar bilan qo'l berib ko'rishmoqda. Tripoli, 27-avgust, 2012-yil.
Liviyaning Bing’ozi shahrida Amerika konsulligi hujumga uchrab, elchi Kristofer Stivens va yana uch xodim halok bo’lgan. Davlat kotibasi Xillari Klinton voqeani tanqid qilib, o’lganlar yaqinlariga hamdardlik izhor etmoqda. Stivens oxirgi 20 yilda AQShning xorijda o’ldirilgan ilk diplomati.
AQSh elchisi Jon Kristofer Stivens Tripolida Liviya Muvaqqat boshqaruv kengashi raisi Mustafo Abdul Jalil bilan ko'rishmoqda. 2012-yilning 7-iyuni.
3/8 AQSh elchisi Jon Kristofer Stivens Tripolida Liviya Muvaqqat boshqaruv kengashi raisi Mustafo Abdul Jalil bilan ko'rishmoqda. 2012-yilning 7-iyuni.
Liviyaning Bing’ozi shahrida Amerika konsulligi hujumga uchrab, elchi Kristofer Stivens va yana uch xodim halok bo’lgan. Davlat kotibasi Xillari Klinton voqeani tanqid qilib, o’lganlar yaqinlariga hamdardlik izhor etmoqda. Stivens oxirgi 20 yilda AQShning xorijda o’ldirilgan ilk diplomati.
Elchi Kristofer Stivens Liviyaning Bing'ozi shahrida muxolifat yetakchilari va Afrika Ittifoqi delegatsiyasi uchrashuvida, 2011-yilning apreli.
4/8 Elchi Kristofer Stivens Liviyaning Bing'ozi shahrida muxolifat yetakchilari va Afrika Ittifoqi delegatsiyasi uchrashuvida, 2011-yilning apreli.
Liviyaning Bing’ozi shahrida Amerika konsulligi hujumga uchrab, elchi Kristofer Stivens va yana uch xodim halok bo’lgan. Davlat kotibasi Xillari Klinton voqeani tanqid qilib, o’lganlar yaqinlariga hamdardlik izhor etmoqda. Stivens oxirgi 20 yilda AQShning xorijda o’ldirilgan ilk diplomati.
Elchi Kris Stivens Bing'ozida Afrika Ittifoqi delegatsiyasi va Liviya muxolifati yetakchilari o'rtasidagi muloqotdan keyin mahalliy matbuot bilan gaplashmoqda. 2011-yilning apreli.
5/8 Elchi Kris Stivens Bing'ozida Afrika Ittifoqi delegatsiyasi va Liviya muxolifati yetakchilari o'rtasidagi muloqotdan keyin mahalliy matbuot bilan gaplashmoqda. 2011-yilning apreli.
Liviyaning Bing’ozi shahrida Amerika konsulligi hujumga uchrab, elchi Kristofer Stivens va yana uch xodim halok bo’lgan. Davlat kotibasi Xillari Klinton voqeani tanqid qilib, o’lganlar yaqinlariga hamdardlik izhor etmoqda. Stivens oxirgi 20 yilda AQShning xorijda o’ldirilgan ilk diplomati.
Elchi Kris Stivens, Britaniya diplomati Kristofer Prentis Bing'ozida Muvaqqat boshqaruv kengashi vakili doktor Sulaymon Fortiya bilan ko'rishmoqda.
6/8 Elchi Kris Stivens, Britaniya diplomati Kristofer Prentis Bing'ozida Muvaqqat boshqaruv kengashi vakili doktor Sulaymon Fortiya bilan ko'rishmoqda.
Liviyaning Bing’ozi shahrida Amerika konsulligi hujumga uchrab, elchi Kristofer Stivens va yana uch xodim halok bo’lgan. Davlat kotibasi Xillari Klinton voqeani tanqid qilib, o’lganlar yaqinlariga hamdardlik izhor etmoqda. Stivens oxirgi 20 yilda AQShning xorijda o’ldirilgan ilk diplomati.
Britaniya elchisi Kristofer Pretis va Amerika diplomati Kris Stivens Bing'ozida Liviya isyonchilari yetakchisi Mustafo Abdul Jalil o'tkazgan matbuot anjumanida ishtirok etmoqda.
7/8 Britaniya elchisi Kristofer Pretis va Amerika diplomati Kris Stivens Bing'ozida Liviya isyonchilari yetakchisi Mustafo Abdul Jalil o'tkazgan matbuot anjumanida ishtirok etmoqda.
Liviyaning Bing’ozi shahrida Amerika konsulligi hujumga uchrab, elchi Kristofer Stivens va yana uch xodim halok bo’lgan. Davlat kotibasi Xillari Klinton voqeani tanqid qilib, o’lganlar yaqinlariga hamdardlik izhor etmoqda. Stivens oxirgi 20 yilda AQShning xorijda o’ldirilgan ilk diplomati.
Amerika elchisi Kris Stivens, Britaniya diplomati Kristofer Prentis va Liviya Muvaqqat boshqaruv kengashi vakili Abdul Hafiz Goqa marhum jurnalist Tim Xezeringtonni xotirlash marosimida.
8/8 Amerika elchisi Kris Stivens, Britaniya diplomati Kristofer Prentis va Liviya Muvaqqat boshqaruv kengashi vakili Abdul Hafiz Goqa marhum jurnalist Tim Xezeringtonni xotirlash marosimida.
Liviyaning Bing’ozi shahrida Amerika konsulligi hujumga uchrab, elchi Kristofer Stivens va yana uch xodim halok bo’lgan. Davlat kotibasi Xillari Klinton voqeani tanqid qilib, o’lganlar yaqinlariga hamdardlik izhor etmoqda. Stivens oxirgi 20 yilda AQShning xorijda o’ldirilgan ilk diplomati.
Previous slide
Next slide

Elchining murojaatini tomosha qiling (ingliz tilida):

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG