Breaking News

Obama: Politsiya va aholi o'rtasida ishonch tiklanishi kerak


Prezident Barak Obamaning aytishicha, politsiya va qora tanli aholi o’rtasida ishonchni tiklash bir kechada bo’ladigan ishmas.

“O’tgan hafta ro’y bergan voqealar ildizi, sabablari asrlarga borib taqaladi. Madaniy tafovutlar, irq masalasi, qashshoqlik - bularni hal qilish uchun, o’zgarish bo’lishi uchun vaqt kerak”, - deydi AQSh rahbari.

Obama politsiya rahbarlari, gubernatorlar, fuqarolik huquqlari faollari, “Qora tanlilar ham odam” degan harakat yetakchilarini Oq uyga taklif etib, ular bilan to’rt soat muloqot qildi. Politsiya aholiga zulm o’tkazayotgani haqidagi da’volarga quloq tutdi.

“Uchrashuv samimiy o’tdi. Huquq-tartibot tizimni isloh qilish zaruriyati va bu yo’ldagi muammolar haqida gaplashib oldik”, - deydi faollardan biri Derey Makkison.

O’tgan hafta Texas shtatida qora tanli sobiq harbiy besh politsiyachini otib o’ldirgan. Undan oldin esa Minnesota va Luiziana shtatlarida ikki afro-amerikalik politsiya o’qidan halok bo’lgan edi. Bu voqealar jamoatchilikni junbushga keltirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG