Breaking News

Barak Obama va rafiqasining portretlari Vashingtondagi galereyaga qo'yildi


Vashington shahrida AQSh sobiq Prezidenti Barak Obama va rafiqasining rasmiy portretlarini Smitson milliy portretlar galereyasida ilk bor namoyish etish marosimi bo’lib o’tdi. Barak va Mishel Obama shu tadbirda qatnashdi. Galereyadan Amerikaning barcha prezidentlari suratlari joy olgan.

Avval Mishel Obamaning portreti ochildi. Uni baltimorlik rassom Eymi Sherald ishlagan. U 2016-yilda o’tkazilgan portretlar musobaqasida birinchi o’rinni egallagan.

Mishel Obama hayajonini yashirmadi.

“Ichimni bir dunyo o’ylar va hissiyotlar qamragan. Men uchun bu katta sharaf. Mendan oldin bu yo’lni bosib o’tgan insonlarga chuqur minnatdorchilik izhor etmoqchiman. Chunki ular men turgan poydevorga asos solishgan”, - dedi u.

Barak Obamaning suratini esa afro-amerikaliklar portretlari ustasi Kexinde Vayli chizgan. Sobiq davlat rahbari minnatdorchiligini yashirmadi.

“Barcha do’stlarimizga, oila a’zolarimizga, biz bilan oldin ishlagan va ayni damda ishlayotgan xodimlarimizga vaqtlarini ayamay, hurmatimizni joyiga qo’yib, biz bilan mana shu ajoyib san’at asarlarini ko’rishga kelganlari uchun rahmat aytmoqchiman. Barchangizni sog’indik”, - dedi Barak Obama.

Amerikaning sobiq birinchi oilasi ularning portretlarini chizgan ikki rassomni 20 dan ortiq san’at ustalari orasidan tanlagan. Barak Obamaning surati boshqa prezidentlar suratlari bilan bir zalda, Mishel Obamaniki esa boshqa zalda turadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG