Breaking News

Prezident Obama Oq uyda Rim papasini qabul qildi

Kecha AQShga tashrif buyurgan Rim Papasi Fransisk bugun Oq uyda Prezident Barak Obama bilan uchrashdi. Dunyo katoliklari yetakchisining safariga Amerikada katta urg'u berilyapti. Fransisk, shuningdek, Vashington cherkovidagi ibodatda ham qatnashadi, shu hafta Nyu-York va Filadelfiyaga boradi.

Nasroniy dunyosining eng ko'p sonli vakillari bo'lgan katoliklar rahnamosini Oq uy oldida 15 ming odam kutib oldi.

Fransisk va Obama avval bayonot qildi.

Obamaning aytishicha, Amerikaning 70 million katolik aholisi papaning tashrifidan baxtiyor. AQSh rahbari Katolik cherkovi va ruhoniylari, xodimlarining Amerikada yo'qsillarga qilayotgan yordamini yuqori baholadi.

Asli argentinalik 78 yashar papa Obama bilan dunyo muammolarini muhokama qilgan. Xususan, ikki arbob ijtimoiy adolatni o'rnatish, yo'qsillarga yordam berish, dekabrda Parijda bo'ladigan yirik xalqaro anjumandan oldin iqlim o'zgarishiga qarshi kurash haqida ham gaplashgan.

AQSh milliy xavfsizlik maslahatchisining o'rinbosari Ben Roudsning aytishicha, papa tabiatni asrashda insonlarni mas'uliyatli bo'lishga da'vat etadi.

Fransisk papalikka kelganidan beri ijtimoiy va iqtisodiy tengsizlikka qarshi kurashib keladi. Xususan, kecha Kapitoliyda kam maoshli ishlarda ishlaydigan yuzlab xizmatchilar ishini tashlab, yaqin atrofdagi katolik cherkovi yonida namoyish qildi, minimal maoshni soatiga 15 dollarga ko'tarishni talab qildi.

Fransisk ozchilikdagi diniy guruhlarning ayrim mamlakatlarda ta'qib etilishini ham qoralab keladi, ayniqsa Yaqin Sharqda "Islomiy davlat" jangarilarining nasroniylar va yazidiylarni nishonga olishini. Oq uyning bildirishicha, Qo'shma Shtatlar ham diniy erkinlikni targ'ib qilishni tashqi siyosatining asosiy maqsadlaridan qilib olgan.

Rim Papasi Fransisk Vashingtonda

AQSh Prezident Barak Obama va Rim Papasi Fransisk, Oq uy, Vashington, 23-sentabr, 2015-yil
1/28 AQSh Prezident Barak Obama va Rim Papasi Fransisk, Oq uy, Vashington, 23-sentabr, 2015-yil
AQSh Prezident Barak Obama va Rim Papasi Fransisk
2/28 AQSh Prezident Barak Obama va Rim Papasi Fransisk
AQSh Prezident Barak Obama va Rim Papasi Fransisk, Oq uy, Vashington, 23-sentabr, 2015-yil
3/28 AQSh Prezident Barak Obama va Rim Papasi Fransisk, Oq uy, Vashington, 23-sentabr, 2015-yil
Bolalar papaning o'tishini kutmoqda, Vashington, 23-sentabr, 2015-yil
4/28 Bolalar papaning o'tishini kutmoqda, Vashington, 23-sentabr, 2015-yil
AQSh Prezident Barak Obama, rafiqasi Mishel va Rim Papasi Fransisk, Oq uy, Vashington, 23-sentabr, 2015-yil
5/28 AQSh Prezident Barak Obama, rafiqasi Mishel va Rim Papasi Fransisk, Oq uy, Vashington, 23-sentabr, 2015-yil
AQSh Prezident Barak Obama va Rim Papasi Fransisk
6/28 AQSh Prezident Barak Obama va Rim Papasi Fransisk
Oq uy papani qarshilamoqda
7/28 Oq uy papani qarshilamoqda
Bolalar papaning Oq uyga kelishini suratga tushirmoqda, 23-sentabr, 2015-yil
9/28 Bolalar papaning Oq uyga kelishini suratga tushirmoqda, 23-sentabr, 2015-yil
AQSh Prezident Barak Obama va Rim Papasi Fransisk, Oq uy, Vashington, 23-sentabr, 2015-yil
10/28 AQSh Prezident Barak Obama va Rim Papasi Fransisk, Oq uy, Vashington, 23-sentabr, 2015-yil
Rim Papasi Fransisk Oq uy hovlisida bayonot bermoqda, Vashington, 23-sentabr, 2015-yil
11/28 Rim Papasi Fransisk Oq uy hovlisida bayonot bermoqda, Vashington, 23-sentabr, 2015-yil
Vashingtonda odamlar papaning o'tishini kutmoqda, 23-sentabr, 2015-yil
15/28 Vashingtonda odamlar papaning o'tishini kutmoqda, 23-sentabr, 2015-yil
Papa oddiy odamlar bilan
19/28 Papa oddiy odamlar bilan
Vakillar palatasi spikeri Jon Beyner bilan
20/28 Vakillar palatasi spikeri Jon Beyner bilan
AQSh Kongressida
21/28 AQSh Kongressida
AQSh Kongressida
22/28 AQSh Kongressida
AQSh Kongressida
23/28 AQSh Kongressida
AQSh Kongressida
24/28 AQSh Kongressida
Pope Francis addresses a joint meeting of the U.S. Congress in the House Chamber on Capitol Hill in Washington, Sept. 24, 2015.
25/28 Pope Francis addresses a joint meeting of the U.S. Congress in the House Chamber on Capitol Hill in Washington, Sept. 24, 2015.
AQSh Kongressida
26/28 AQSh Kongressida
AQSh Kongressida
27/28 AQSh Kongressida
AQSh Kongressida
28/28 AQSh Kongressida
Previous slide
Next slide

Uchrashuvda immigratsiya, Eron yadro dasturi, AQSh va Kuba o'rtasida aloqalarning yaxshilanishi haqida ham gaplashilgan. Kommunistik orolda bo'lib qaytgan papa unga qo'yilgan savdo embargosining bekor qilinishiga chaqirgan.

Ikki davlat munosabatlarining tiklanishida Vatikanning roli katta. Buni bugun Obama ham Oq uydagi bayonotida alohida ta'kidlab o'tdi.

"Qonli mojarolarga qarshi da'vatlaringizni, urushlarni diplomatiya orqali hal etishga qaratilgan chaqiriqlaringizni yuqori baholaymiz", - dedi Obama.

Rim papasi bayonotini ingliz tilida berdi. U AQShning jahondagi roliga to'xtalib, ko'p jihatlarini olqishladi.

Bugun Vashington markazidagi maydonda Fransisk o'n minglab odam oldida ma'ruza qiladi, Amerikadagi yetakchi katolik ruhoniylar bilan birga ibodat qiladi.

Papa va Obama ilk bor 2014-yil martida Vatikanda ko'rishgan.

Ertaga Fransisk AQSh Kongressining har ikki palatasi oldida ma'ruza qiladi. Juma kuni esa Nyu-Yorkka yo'l olib, BMT Bosh Assambleyasida ham nutq so'zlaydi. Shanba kuni u Filadelfiyadagi tadbirda, yakshanba kuni esa ko'chada ikki million odam ishtirokidagi ibodatda qatnashadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

This item is part of
XS
SM
MD
LG