Breaking News

Obama prezidentlikdan keyin nima bilan mashg'ul bo'ladi?


Prezident oilasi bilan Kubada, mart, 2016
Prezident oilasi bilan Kubada, mart, 2016

Barak Obama prezidentlik kutubxonasini ochmoqchi. Millionlab dollar mablag' jamg'armoqchi. Kitob yozmoqchi. Rafiqasi va farzandlari bilan ko'proq vaqt o'tkazmoqchi.

AQShning 44-prezidenti 55 yoshida hayotining yangi bir sahifasini ochadi.

Obama siyosatchilikdan ketadi lekin siyosiy sahnadan tushmaydi. Sobiq prezident Demokratik Partiyani isloh qilishda ko'maklashib, mafkuraviy safdoshlarini quvvatlash bilan band bo'ladi. Obama partiya boshqaruvchisi bo'lishni istamaydi, ammo yo'l ko'rsatishga tayyor.

Donald Tramp prezidentligini qo'rqinch va norozilik bilan kutib olayotgan amerikaliklar Obama ular uchun ruhiy madad manbai bo'lib qoladi degan umidda. Xalqqa kuch bag'ishlab turadigan lider kerak va Obama bu rolni yaxshi eplaydi, deydi ayrim arboblar. Tramp undan oldingi prezident qarorlarini birma-bir bekor qilishga tushar ekan, Obama albatta sukut saqlab o'tirmaydi, deydi ular.

Sobiq prezident oilasi bilan Vashingtonda yashaydi. Kichik qizi maktabni bitirgach, ikkala farzandini ham universitetga kuzatib, undan keyin qayerga ko'chishini hal qiladi.

Obamaning yangi kitobi uchun dastlabki gonorar kamida 20 million dollar bo'lishi kutilmoqda. Ayrim ishonchli manbalarga ko'ra, u Gollivuddan usta agent yollab, kelajakdagi faoliyatini uning yordamida tashkillashtirishni ko'zlamoqda.

Barak Obama Jamg'armasi tuziladi. Bu tashkilot Chikagoda asoslangan bo'ladi. Hisobida yarim milliard dollar bilan ochilishi rejalangan. Jamg'arma kutubxona, turli loyiha va dasturlar makoni bo'ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG