Dunyoning turli burchaklaridan sara fotolar ...
Bugungi dunyo suratlarda – 10-oktabr, 2023
1
Myanmaning Kachin shtatida halok bo'lganlarning qarindoshlari o'z yaqinlarini izlamoqda. Harbiy xunta qochqinlar lageriga havodan zarba berganlikda ayblanmoqda. Natijada, qariyb 30 kishi halok bo'lgan. Qurbonlarning o'nga yaqini bolalar.
2
G'azodan raketa hujumlari davom etar ekan, Isroilda havo trevogasi yangramoqda. Ashkelon shahri aholisi xavfsiz joylarda jon saqlamoqda.
3
G'azo shahrida Isroil hujumlaridan keyingi manzara
4
Isroil kuchlari uloqtirgan snaryad Livan janubidagi bahsli hudud osmonida portlamoqda. Livan o'z hududidan Isroil shimoliga oltita raketa uloqtirilganini tasdiqladi.