Breaking News

Olimpiya mash'alasi fazoga olib chiqildi

Sochi olimpiadasi mash'alasi Xalqaro fazo stansiyasiga olib ketildi. Uni "Soyuz" kosmik kemasiga birinchi bo'lib rus fazogiri Mixail Turin ko'tarib chiqdi. Kema bortida, shuningdek, yaponiyalik fazo muhandisi Koichi Vakata hamda amerikalik astronavt Rik Mastrachio bor. Ular payshanba kuni ertalab Qozog'istondagi Baykonur aerodromidan samoga parvoz qildi. Fazo markazida yashayotgan ikki rossiyalik fazogir mash'alani ko'tarib samoda sayr qilishi kutilmoqda. So'ng uni dushanba kuni yerga qayta olib tushishadi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan mash'alaning o'ti fazoga o'chirilgan holatda olib chiqiladi.

Ko'proq...

16x9 Image

Amerika Ovozi

"Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG