Vashington choyxonasi: Chaqaloqligida O'zbekistonni tark etgan muhojir bilan suhbat

  • Amerika Ovozi

Omonulloh Xo'ja "Vashington choyxonasi" dasturida

Omonulloh Xo'ja bugun AQShning Virjiniya shtatida istiqomat qiladi. Asli o'zbekistonlik. Vatanini 5 oylik chaqaloqligida ota-onasi bilan tark etgan. Bu XX asrning 30-yillarida ro'y bergan. O'shanda minglab o'zbekistonliklar sovetlar zulmidan qochib vatanini tark etishga majbur bo'lgan edi.

Ularning ko'piga vatanni qayta ko'rish nasib etmadi. Omonulloh Xo'ja esa mustaqillikdan so'ng O'zbekistonga qaytib borishga muyassar bo'ldi.

Bu kishi bilan ana shu uzoq yillik tarix haqida suhbatlashdik. "Vatandosh choyxonasi"ning navbatdagi mavzusi shu haqda bo'ldi.

Suhbatni quyida to'liq tomosha qiling.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG