Breaking News

Viktor Orban AQShda konservativ kuchlarga murojaat qildi


Viktor Orban Dallasdagi tadbir paytida

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban AQShning Dallas shahrida o’tgan konservativ siyosatchilar va faollarning yillik anjumanida so’zga chiqib, keyingi saylovlarda hokimiyatni Vashington va Bryusseldagi liberallardan tortib olishga chaqirdi. Uning nazarida, liberal rahbarlar G’arb madaniyati va qadriyatlariga tahdid solmoqda.

Xalqaro hayot - 5-avgust, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:13 0:00

Millatchi qarashlarni targ’ib qiluvchi Orbanning aytishicha, Ukrainada urush tugab, tinchlik qaror topishi uchun AQSh va Rossiya rahbarlari muzokara qilishi kerak.

Musulmon mamlakatlardan migratsiya oqimi hamda ayni jins vakillari o’rtasidagi nikohni qonuniylashtirish siyosatiga qarshi Orban nazarida ayni paytda G’arbda madaniyatlar to’qnashuvi kechmoqda.

2010-yilda Vengriyada bosh vazirlikka kelgan siyosatchi AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp tarafdorlaridan bo’lib, ikki rahbar shu hafta o’zaro ko’rishgan.

Tramp 2024-yilda bo’ladigan saylovda qayta qatnashish rejasini hozircha bildirmagan, ammo kuzatuvchilar uning katta siyosatga qaytishiga shubha qilmayapti. Sobiq rahbar AQShda noyabr oyida Kongressga bo’ladigan oraliq saylovlarda qatnashishga umid qilayotgan o’ziga yaqin siyosatchilarni qo’llab-quvvatlayapti.

2024-yilda nafaqat AQShda, balki Yevropa Parlamentiga ham saylovlar o’tkaziladi. Shu yil aprel oyida 4-muddatga saylangan Orbanning aytishicha, liberallar va progressiv siyosatchilar g’arb sivilizatsiyasidan nasroniy ildizlarni ajratishga urinyapti.

Vengriya rahbari erkak va ayol jinslaridan boshqasini tan olmasligini, jinslarni ko’paytirishga qaratilgan harakatlarga qarshi ekanini aytib keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG