Breaking News

YXHT: Xayrulla Hamidovning ozod etilgani xush xabar, qamoqdagi barcha jurnalistlar ozod etilsin


Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Matbuot erkinligi bo’yicha vakili Dunya Miyatovich jurnalist va sport sharhlovchisi Xayrulla Hamidovning ozod etilganini olqishlayapti.

“Hamidovning ozod etilgani to’g’ri qadam. Lekin O’zbekistonda erkin fikr bildirgani uchun, tanqidiy maqola yozgani uchun qamoqda o’tirgan boshqa jurnalistlar ham bor. Mamlakat rahbariyatini ularni ham ozod etishga chaqiraman”, - dedi Miyatovich.

Yevropa rasmiysi, xususan, Solijon Abdurahmonov va Dilmurod Saidni tilga oldi.

Qoraqalpog’istondagi og’ir vaziyatni yoritgan Abdurahmonov 2008-yilda Nukusda giyohvand moddalari savdosida ayblanib, 10 yilga qamalgan edi. Dilmurod Sayid esa tovlamachilikda aybdor topilib, 2009-yilda 12,5 yilga ozodlikdam mahrum etilgan edi.

“Jurnalistlar qo’rqmasdan o’z ishini bajara olishi kerak. Hukumatlar ekstremizmga qarshi kurashni bahona qilib, erkin fikr bildirgan odamlarni ta’qib qilmasin”, - deydi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti vakili.

XS
SM
MD
LG