Pokistonda xavfsizlik kuchlari ikki hafta oldin Islomobodda o'g'irlab ketilgan afg'onistonlik sobiq rasmiyni qutqarishga muvaffaq bo'ldi.
Hirot viloyati sobiq gubernatori Fazlulloh Vohidiy chegara mintaqasidagi Xaybar Paxtunxva viloyatida kechasi o'tkazilgan amaliyot natijasida ozod qilingan.
Vohidiy Britaniyaga borish uchun viza olish maqsadida Pokistonga kelib, 12-fevral kuni mehmonxonada turgan payt o'g'irlab ketilgan.
Afg'onistonning Pokistondagi elchisi hazrat Umar Zaxilval sobiq gubernatorning qutqarilganini olqishlab, bu Pokiston xavfsizlik organlari uchun muhim yutuq ekanini ta'kidladi.
Bundan, shuningdek, Afg'oniston-Pokiston o'rtasidagi ishonch yanada mustahkamlanadi, deya qayd etdi elchi.