Breaking News

Pokistonda ayol jurnalistlar ko'paygan


Asosan musulmonlardan iborat Pokistonda boshqa din vakillari besh foizdan kam. Masalan, hinduizm yoki xtistian dinidagilar. Pokistonda hindu yoki nasroniy qizlarni majburiy islom diniga kiritish har yili sodir bo’ladi. Bunday ish qizlarni o’g’irlash yoki musulmon oilaga majburan nikohlash bilan amalga oshiriladi.

Kavita ismli ayol Pokistonning Sind viloyati, Gotki okrugida yashaydi.

Ikki singlisi o’girlangan va islom diniga o’tkazilgan. Singillarini qaytarishda hukumatdan yordam olish ilinjida.

“Onam bilan o’tirgandik. Mashinada qurollangan bir gala erkaklar kelib singillarimni olib ketishdi. Ertasiga singillarimning boshqa dinga o’tgani haqida eshitdik”, - deydi u.

Mahalliy rasmiylarga ko’ra, viloyatda majburiy e’tiqodni singdirish oxirgi yilllarda kuchaygan. Jabr ko’rayotganlar - yosh qizlar.

Ayniqsa, Gotki okrugidagi qadimiy Bxarchundi Sharif maqbarasidan qizlarni o’g’irlash puxta rejalashtiriladi.

Maqbara xodimlari esa musulmon bo’lmagan ziyoratchilarning o’zi tomoshaga keladi, deya vaziyatni tan olmaydi.


“Allohga shukr, ko’pchilik shu yerga kelib islomni qabul qiladi. Ba’zan oilaviy kelishadi. Bu yangilik emas, asrlardan beri shunday”, - deydi maqbara xodimi Jovid bin-Abdulhay.

Politsiya vaziyatni boshqacha ta’riflaydi. Go’yoki, Kavitaning singillari Panjobda 18 ga to’lmaganlar turmush qurishi mumkin bo’lgani uchun ketgan.

Gotki okrugi politsiyasi boshlig’ o’rinbosari Salimulla Odxo ariza yuzasidan izoh bermadi, lekin ishini bajarayotganini aytdi.

“Boshqalarni zo’rlab e’tiqodini o’zgartirishga hech kimning haqqi yo’q. Pokistonda e’tiqod erkinligi konstitutsion huquq”, - deydi u.

Pokiston Inson huquqlari kengashi rahbari Uzma Nuraniga ko’ra, yosh qizlarga majburiy e’tiqodni singdirish nafaqat haqiqat, tadbirkorlikning bir ko’rinishi hamdir.

“Bunday ishlarni din peshvolari boshqaradi. Ular bundan daromad ham qiladi. Islomga kirgizsa, Xudodan savob yoziladi deb biladi. Ularning politsiya, sudyalar, tergovchi-yu advokat, butun adliya tizimiga ta’siri bor”, - deydi u.

Kavita singillarining taqdiri Pokistonda ovoza bo’lgan. Ularning ishi Islomobod Oliy sudigacha borgan.

Voyaga yetmagan ikki qiz o’z xohishi bilan musulmonlarga turmushga chiqib, islomni qabul qildik, deyishayapti. Lekin Kavitaning oilasi bunga ishonmaydi.

O’ngchilar siyosatchilardan diniy erkinlikni jiddiy himoya qilishini so’raydi. Zero, ozchilik qatlami o’z diniga bexavotir e’tiqod qilsin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG