Breaking News

Pokiston to'qimachilik sanoatidagi muammolar


Faysaloboddagi fabrika
Faysaloboddagi fabrika
O’tgan oy Pokistonning Karachi shahridagi bir fabrikaga o’t tushib, yong’inda 300 odam nobud bo’lgan edi. Halokat mamlakat yengil sanoatidagi jiddiy muammolarga e’tiborni qaratmoqda. “Amerika Ovozi” muxbiri Sharon Ben yaqinda Pokistondagi ikki fabrikada bo’lib, ishchilar uchun sharoit bilan tanishdi.

Pokiston to'qimachilik sanoati yuzlashayotgan muammolar/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:29 0:00
Yuklab oling

Pokiston sanoati tarixidagi eng dahshatli fojia… Ishchilar eshik va derazalarni ocholmay, o’t ketgan bino ichida qolib ketgan. Xavfsizlik talablariga rioya qilinganida ular tirik qolishi mumkin edi, deydi kasaba uyushmalari vakillari.

Faysalobod shahridagi M. K. Sons nomli fabrikada ishlab chiqarilgan rang-barang matolar AQShning Walmart va Target kabi mashhur do’konlarida sotiladi. Biz xalqaro mezonlarga qarab ishlaymiz, deydi uning rahbari Rano Javad Axtar.

“Bizni Walmart va Target kompaniyalari tekshirib, nazorat qilib turadi. Nafaqat xavfsizlik, balki ijtimoiy talablarga ham javob berishimiz kerak. Binoga o’t ketganida foydalaniladigan eshiklar, o’t o’chirish asboblari – hammasi risoladagidek, xalqaro mezonlarga mos”, - deydi Javad Axtar.

To’qimachilik sanoati Pokiston iqtisodiyoti uchun katta daromad manbai. Mamlakat ishchi kuchining 40 foizi aynan shu sanoatda band.

Kasaba uyushmasi rahbari Zohir Avan fikricha, bu sohada ishlayman deganlar ko’pligi uchun fabrika rahbarlari ularni noqonuniy ravishda ishga olishi, kamroq maosh to’lashi mumkin. Xavfsizlik choralariga ham e’tibor berilmaydi.

“Talablar qay darajada bajarilayotgani yuzasidan savollar ko’p. Karachidagi fojiadan keyin bu mavzular endi ko’tarilyapti”, - deydi u.

Sanoat egalari esa doimo barcha talablarga rioya qilib kelinganini aytadi.

Ali Rizo Qariy Faysaloboddagi Bibijon fabrikasi rahbari. Ko’pincha elektr toki bo’lmaydi, mijozlar terroristik hujumlardan xavotirda, bularning sanoatga ta’siri katta bo’lishi shubhasiz, deydi.

“Gap shundaki, iqtisodiy taraqqiyot va farovonlik siyosiy barqarorlik bilan chambarchas bog’liq. Yirik kompaniya va tadbirkorlar hukumat bilan birgalikda sanoatdagi vaziyatni yaxshilashga harakat qilishi kerak”, - deydi ishbilarmon.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG