Breaking News

Pokiston Yamanda hutiylarga qarshi amaliyotga qo'shilish ustida o'ylanmoqda


Saudiya Arabistoni askari Yaman bilan chegarada, 6-aprel, 2015-yil
Saudiya Arabistoni askari Yaman bilan chegarada, 6-aprel, 2015-yil

Pokiston Mudofaa vaziri Havoja Muhammas Osifning aytishicha, Saudiya Arabistoni Yamanda isyonchilar bilan jang qilish uchun Islomoboddan askar, samolyot va jangovar kema so'ragan.

Pokiston parlamentida Yamanda hutiylarga qarshi harakatlarga qo'shilish xususida munozara kechmoqda. Islomobod Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi harakatlarni qo'llab-quvvatlashini bildirgan, biroq hozircha amaliy ishga qo'l urgani yo'q.

Bosh vazir Navoz Sharif Saudiya Arabistonini tashqi hujumlardan himoya qilamiz, degan. Saudiya havo hujumlari ketidan hutiylar qirollikka hujum qilishini bildirgan.

Kuzatuvchilarga ko'ra, Saudiya Arabistoni Pokistonga yadro qurolini tayyorlashda moliyaviy yordam bergan. Buning evaziga Islomobod qirollikni tashqi agressiyadan mudofaa qilish majburiyatini olgan.

Isyonchilar asosan janubdagi Adan shahrida hukumat kuchlariga qarshi jang qilmoqda. Xalqaro Qizil Xoch qo'mitasi 48 tonna dori-darmonni Yamandagi zo'ravonliklar bois yetkaza olmayotganini aytmoqda.

Hutiylar rahbarlaridan biri Solih al-Sammad koalitsiya havo hujumlarini bas qilsa, muzokara qilishga tayyormiz, dedi.

BMT Yamandagi mojaroda vositachi bo'lishga harakat qilmoqda, biroq muloqot shu kungacha natija bermadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG