Isroil-Falastin ixtilofini tugatishga doir muzokaralarni jonlantirish. Kelasi oy Parijda o'tadigan anjumanda asosiy mavzu ana shu bo'ladi. Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu uchrashuvga qarshi. Falastin tashabbusni olqishlayapti. Ayrim manbalarda aytilishicha, tadbirga Falastin va Isroil tomoni taklif qilinmaydi, bu esa murosaga erishishni tezlatishi mumkin, deydi mutaxassislar.
Amerika bosh diplomati Jon Kerrining aytishicha, muzokaradan maqsad Falastin va Isroil murosa qila oladimi, har ikki tomonga ma'qul yechimga erisha oladimi yo'qmi, shuni aniqlash.
"Taraflar muzokara stoliga qayta olmasa, bu Amerika yoki boshqa davlatning mag'lubiyati bo'lmaydi. Falastin va Isroil kompromissga erisha olmaganidan o'zi yutqizadi", - deydi Kerri.
Jon Kerrining aytishicha, Yaqin Sharqda tinchlik kelishuviga hanuz erishilmagani afsuslanarli, ammo Obama ma'muriyati uchun muloqotni jonlantirish hamon eng ustuvor masalalardan bo'lib qolayapti.
Photo Gallery:
Quddus: arab va yahudiylar orasida to'qnashuvlar
Quddusdagi al-Aqsa masjidi bugun qisman ochiq. Isroil politsiyasi chorshanba kuni inshootni butunlay yopib qo'ygach, Falastin ma'muriyati buni urush e'lon qilishga qiyoslagan edi.
Hududda hafta boshida ro'y bergan otishmada avval isroillik ruhoniy jarohatlangan; ketidan politsiya falastinlik bir shaxsni otib o'ldirgan edi. To'polon ko'tarilmasligi uchun musulmon va yahudiylar uchun muqaddas sanalgan masjid va uning atrofini vaqtincha to'sib qo'ydik, deydi Isroil huquq-tartibot xodimlari. 50 yoshgacha bo'lgan erkaklar hududga hamon yo'latilmayapti.
G'azoda hukmron HAMAS va Isroil o'rtasida shu yil ro'y bergan ikki oylik urush ortidan yahudiy va falastinliklar munosabati hanuz tarang. Ixtilof 21 mingdan ziyod odam, asosan, g'azolik tinch aholini hayotdan olib ketgan edi.
Photo Gallery:
Isroil Falastin ahliga: tirik qolishni istasangiz, qoching!
Isroil G'azo sektorini havodan o'qqa tutishda davom etarkan, BMT uni va unga qarshi raketa otayotgan HAMASni sulh tuzishga undamoqda. AQSh vositachilik qilishga tayyor. Tomonlar murosadan yiroq. Isroil G'azo ahlini jon saqlash uchun uylarini tark etishga chaqirmoqda. HAMAS jangarilarini qirib tashlamaguncha, hujumlar to'xtamaydi, deya bildirmoqda bu davlat rasmiylari. Hozirgacha 200 dan oshiq odamning yostig'i qurigan.
"Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.