Breaking News

Falastin va Isroil mahbus almashdi


Gilad Shalitni vatanda Bosh vazir Benyamin Netanyaxu qarshi oldi
Gilad Shalitni vatanda Bosh vazir Benyamin Netanyaxu qarshi oldi

Bugun Falastin va Isroil uchun tarixiy kun - ular mahbus almashdi. Isroil askari Gilad Shalitni, Falastin esa yuzlab o’g’lon va qizini bag’riga bosdi. Har ikki tomonda shodiyona, xursandchilik ko’z yoshlari.

Bir kishi evaziga minglar. Misr vositachiligida serjant Gilad Shalit XAMAS qamog’ida besh yil tutqinlikdan keyin nihoyat vatanda. U 2006-yilning 25-iyunida ushlangan edi.


Chegaraning narigi tomonida ozodlikka chiqqan 477 falastinlik, jumladan, 27 ayol oilalar va do’stlar davrasiga qaytdi. Kelasi ikki oyda yana 550 nafari Isroil turmalaridan qo’yib yuborilishi kerak.

Falastin va Isroil mahbus almashdi
Falastin va Isroil mahbus almashdi

Bu qaror Falastin hujumlarida talofat ko’rgan isroillik bir necha oila qarshiligiga uchragan. Mahbuslar terrorchilar, mamlakat xavfsizligiga tahdid, degan tanqidlar yangradi.

Xurujda farzandidan ayrilgan ona Isroil xatoga yo’l qo’ymoqda, deydi. “Mingdan ziyod terrorchini ozod etish - xalqqa qarshi jinoyat”, - deydi u.

Biroq Isroil Oliy Sudi e’tirozlarni qondirmadi. Isroil hukumati qarori siyosat va xavfsizlik jihatdan asosli, deya xulosa qildi bu organ. Ijtimoiy so’rov natijalariga ko’ra, Isroil aholining 70 foizi hukumat xatti-harakatidan mamnun.

Falastin va Isroil mahbus almashdi
Falastin va Isroil mahbus almashdi

25 yoshli Gilad Shalit Misr matbuoti bilan suhbatda bu almashinuv uzoq yillik adovatni tugatishga, Falastin va Isroil o’rtasida tinchlik qaror topishiga xizmat qilsin, deya umid bildirdi.

“Oilam, vatanim, tilimni sog’ingan edim”, - deydi Shalit.

Uni vatanda Bosh vazir Benyamin Netanyaxu ham olqishlab qarshi oldi.

Erkinlikka chiqishi kutilayotgan mahbuslarlarning 280 nafari Isroilga qarshi terror xurujlariga aloqadorlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosini olgan.

Falastin va Isroil mahbus almashdi
Falastin va Isroil mahbus almashdi

“Falastin xalqi chekkan azoblar zoye ketmadi”, - deydi XAMAS rasmiysi Sami abu Zuhriy. “Uzoq yillik orzular mana endi amalga oshib, qahramonlarimiz ozod bo’ldi”, - deydi u.

“Yana yuzlab falastinlik tez orada uyga qaytadi. Isroil o’z va’dasini bajaradi degan umiddamiz”,- deydi Falastin prezidenti Mahmud Abbos.

Noil Bargutiy - eng uzoq o’tirgan mahbus. 1978-yilda Isroil fuqarosi o’limida ayblanib, umrbod qamoqqa tashlangan.

Sami Yunus - eng keksa mahbus, yoshi 78 da. 1983-yilda Isroil askarini o’ldirganlikda aybdor deb topilgan.

Falastin va Isroil mahbus almashdi
Falastin va Isroil mahbus almashdi

Abdul Xadi G’anim, Islomiy Jihod vakili. 1989-yilda yo’lovchi avtobusni garovga olib, 16 kishini o’ldirganlik aybi bilan uzoq muddatga qamalgan.

Mahbuslardan 40 nafari Iordaniya, Turkiya, Qatar va Suriya ga deportatsiya qilinadi.

Isroil ularni ozod qilar ekan, Falastin hududlariga qadam bosmasin, deb shart qo’ygan. Natijada Turkiya, Iordaniya, Qatar va Suriya mana shu 40 mahbusga panoh berishga rozi bo’ldi.


  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG